Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning 45-prezidenti Donald Trampning muddati yakuniga yetmoqda. U saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, 2021-yilning 20-yanvar kuni Oq uyni tark etishi kerak, uning administratsiyasi esa ishlarni Jo Bayden jamoasiga topshiradi. Biroq Tramp va uning atrofidagi barcha saylovlar natijasini tan olishdan bosh tortmoqda va ular yutqazgan bir nechta shtatlardagi ovozlarning qayta sanalishini talab qilyapti. Vaqtni cho‘zishga urinish, Trampga nisbatan bir nechta da’vo arizalari xavf tug‘dirayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U rasman prezidentlikdan ketishi va immunitetini yo‘qotishi bilan ushbu da’volar zudlik bilan faollashadi. Tramp endilikda nima bilan shug‘ullanadi? O‘zi yoqtirmagan Vashingtondan Floridadagi uyiga ko‘chib ketadimi? Meduza shu kabi savollar javob berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Trampning o‘zi, umuman, ketish niyatidami?

Donald Tramp prezidentlik saylovlarini yutqazdi, biroq haligacha u natijalarini tan olgani yo‘q, hokimiyatni topshirish jarayoni borasida-ku gap bo‘lishi mumkin emas. U har kuni ovozlar o‘zining demokrat-raqiblari foydasiga soxtalashtirilganiga oid ayblovli tvitlarni yozmoqda, uning shtabi esa Jo Baydenga yutqizgan shtatlarida ovozlarni qayta sanash bo‘yicha yangidan yangi da’volar kiritilayotganini e’lon qilyapti.

Biroq hozircha Trampning yuristlari ovozlarni ommaviy soxtalashtirish bo‘yicha dalillar yoki guvohlarni keltira olgani yo‘q. Pensilvaniyada ular ovozlarning hisob-kitobida pochta orqali kelgan byulletenlarning qonuniyligi ustidan shikoyat qilishga urindi: sudyaning “da’vodagi ayblov kimnidir saylovlarda firibgarlikni amalga oshirganini nazarda tutadimi” degan to‘g‘ridan to‘g‘ri savoliga Trampning yuristi salbiy javob qaytargan. Da’voda 600 ga yaqin byulleten tilga olingan. Pensilvaniyada Tramp Jo Baydendan 50 mingdan ortiq ovoz bo‘yicha ortda qolmoqda. Saylov komissiyasi vakillari — ham demokratlar, ham respublikachilar — The New York Times’ga o‘z shtatlarida keng ko‘lamli soxtalashtirishga oid hech qanday izlarni topmaganini ma’lum qilgan. Hozircha faqat Jorjiya ovozlarni qayta sanalishini rasman e’lon qildi, bu shtatning saylov komissiyasi saylovdagi ovozlarni ommaviy soxtalashtirishganini gumon qilgani uchun emas, balki nomzodlar orasidagi ovozlar farqining kamligi sabab — Bayden 14 ming ko‘proq ovoz to‘plagan.

Shunday ekan, ko‘plab sud jarayonlari hozircha vaqtni cho‘zishga urinishdan ko‘rinmoqda: Donald Tramp ertami, kech mag‘lubiyatini tan olishga va Jo Baydenni g‘alaba bilan tabriklashga majbur bo‘ladi va nihoyat saylangan prezident administratsiyasiga hokimiyatni topshiradi. Hozircha davlat kotibi Maykl Pompeo 10-noyabr kuni hazillashibmi yoki jiddiy aytishicha, hokimiyatni Trampning birinchi administratsiyasidan ikkinchisiga topshirilish jarayoni silliq o‘tadi.

Ketayotgan administratsiyadan prezident vakolatlarini topshirish odatda umummilliy saylovlar natijasi e’lon qilinganidan so‘ng darhol saylovchilar kollegiyasining yanvar oyidagi ovoz berish jarayonlarini rasman tasdiqlaydigan Kongressning yangi chaqirig‘idan oldin amalga oshiriladi. Hukumatning tranzit jarayoniga minglab odamlar jalb etilgan: o‘nlab boshqarma va departamentlarga tayinlangan rahbarlar o‘z o‘rniga kelayotganlarga ishlarni topshiradi, joyida qolayotgan karyerali amaldorlar yangi kelganlarga Oq uy bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Yangi kelganlarning barchasi infratuzilma va logistika bilan ta’minlanadi — kabinetlar va xizmat avtomobillaridan tortib, kanstovarlar va kompyuterlargacha.

Bu bilan alohida federal agentlik, Umumiy xizmatlar administratsiyasi — General Services Administration (GSA) shug‘ullanadi. Hukumatning mazkur ijro organi, mustaqil federal agentlik hisoblanadi, biroq Tramp kamida unga o‘zi ma’qul kelgan amaldorni rahbar etib tayinlashi mumkin.

Shunday bo‘lgan ham: Tramp tomonidan Emili Myorfining GSA direktori etib tayinlanishi — bir necha oy ichida AQShdagi eng qudratli shaxslardan biriga aylantirgan — bir prezidentning boshqasi va uning jamoasi bilan almashishidagi butun byurokratik mashina ishga tushmaydigan rasmiy protsedurani hamon amalga oshirmagan. Myorfi Baydenning jamoasiga federal hukumat resurslari — steplerlardan tortib, .gov hukumat domenidagi ishchi elektron pochtalar, milliy xavfsizlik masalalariga doir brifinglardan rasman foydalanish huquqini rasman beradigan hujjatni imzolashi kerak. Agentlik rahbari prezidentlik saylovlarida “aniq-ravshan g‘olib”ni tabriklagani yozilgan xat bo‘lib, shundan so‘ng g‘olib jamoa o‘z ehtiyojlari uchun federal budjetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Myorfi esa haligacha mazkur xatni yozgani yo‘q. U hozirga qadar shunchaki mayda rasmiyatchilik bo‘lib kelgan, 2020-yilda esa u Bayden jamoasi uchun kutilmagan byurokratik devorga aylangan.

Tramp qamalishi mumkinmi yoki u o‘zini o‘zi afv eta oladimi?

Tramp o‘ziga xos prezidentlik bingosini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan: u dastlabki saylovlarda yutqazdi, umummilliy ovoz berish jarayonlarida ikki marotaba raqibidan kamroq ovoz to‘pladi va impichment berilishi mumkin edi. Bu kabi “ishlarni” alohida-alohida ayrim prezidentlar uddalagan, biroq birdaniga uchta punkt — faqat Trampga nasib etdi. U impichmentdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da — respublikachilarning Senatda ko‘pchilikni tashkil etgani sabab bu bilan muammo yo‘q bo‘lib ketmadi.

Donald Trampga qarshi o‘nlab jinoiy va fuqarolik ishlari ochilgan, shuningdek, turli darajadagi prokuraturalar tashabbusi bilan tergovlar olib borilmoqda. Asosiy xavfni Nyu-York shtati hukumati tomonidan o‘tkazilayotgan ikkita tergov tug‘dirmoqda. Ularning birinchi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishiga oid bo‘lib, 2018-yilning dekabrida Trampning sobiq advokati Maykl Koen 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi (2020-yilning mayida u koronavirus yuqtirib olishi mumkinligi sabab uy qamog‘iga qo‘yib yuborilgan). Ayblovlarning bir qismi Tramp pornoyulduz Stormi Deniels bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani sabab “sud xarajatlarini qoplash” nomi ostida ofshor kompaniyasi orqali 130 ming dollar to‘lagani bilan bog‘liq.

Davlat aybloviga ko‘ra, ushbu pullarga Denielsning 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasida “ovoz chiqarmasligi” sotib olingan. Bu esa Koen ishida ismi oshkor etilmagan sherigiga “Qo‘shma Shtatlar prezidenti etib saylanishida” bilvosita yordam bergan. AQSh Adliya vazirligi o‘zining ichki tartibidan kelib chiqib, hukumat tepasidagi prezidentni jinoiy ta’qib, Koenning sherigi bo‘lgan “birinchi shaxs”ni tergov harakatlariga tortishni talab qilmagan. Biroq 2021-yil 20-yanvardan keyin Manxettenning tuman prokurori Sayrus Vensga AQSh bosh prokurori to‘xtab qolgan joydan ishni davom ettirishiga hech narsa xalaqit qilmaydi. Ushbu ish bilan shug‘ullanayotgan Nyu-York shtati bosh prokurorining niyatlari esa ancha jiddiy — u ham Maykl Koenning ko‘rsatmalari asosida tuzilgan — Trampning tashkilotidagi moliyaviy o‘yinlar, ikkitalik buxgalteriyaning yuritilgani, soliqlardan qochish uchun daromadlarini kamaytirib va bir vaqtning o‘zida bank hamda investorlarni aldash uchun ularni oshirib ko‘rsatgani.

Gipotetik jihatdan Tramp lavozimda o‘tirgan vaqtida prezidentlik afvidan foydalanib, o‘zini o‘zi oqlashi mumkin — qonun bilan bu taqiqlanmagan. Bu kabi imkoniyatdan Richard Nikson o‘z muddatining oxirlarida foydalangan — unga “Uotergeyt mojarosi” bo‘yicha impichment e’lon qilinishi mumkin edi (natijada Niksonning iste’fosidan so‘ng, amaldagi prezidentga aylangan vitse-prezident Jerald Ford afv e’lon qilgan).

Tramp ham o‘z ittifoqdoshlarini afv etish borasidagi huquqidan bir necha bor foydalangan: prezidentlik afviga erishgan yoki jazosi yengillashtirilgan 44 kishi orasida Trampning tarafdori, publitsist Dinesh D’Suza, Arizonadagi jangovar sherif Jo Arpayo, mahbuslarga nisbatan qattiq munosabatda bo‘lgani bilan tanilgan, shuningdek, Trampning eski do‘sti va tarafdori Rojer Stoun ham bor. Trampning iste’foga ketishi, Maykl Pens prezidentning vazifasini vaqtincha bajaruvchiga aylanishi, u esa sobiq prezidentga lavozimda o‘tirgan vaqtida amalga oshirgan har qanday jinoyatlari sud tomonidan ta’qib qilishini yo‘qqa chiqaradigan immunitetni sovg‘a qilishi borasidagi ssenariy 1974-yilda Niksonning iste’fosiga bir necha kun qolganda AQSh bosh prokurori o‘rinbosarining qaydnomasida yozilgan. Iste’foga chiqqan davlat rahbarining o‘zini vitse-prezidenti tomonidan afv etilishi shubhasiz va hech qanday shartsiz davlat ayblovi uchun barcha imkoniyatlarni yopib qo‘yadi.

Biroq shu kabi qadamning ham imij jihatdan jiddiy kamchiligi bor: afv rasman bo‘lmasa ham aybni tan olishni nazarda tutadi. Bu butun Amerika jamiyati qarshisida, ehtimol, eng sodiq tarafdorlaridan tashqari, jazolanmaslik uchun so‘nggi, eng umidsiz urinishga o‘xshab qolishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. O‘z-o‘zini afv etish to‘g‘risidagi prezident yoki o‘zining vitse-prezidenti orqali chiqarilgan qaror, shubhasiz, Amerika inson huquqi tarixida muhim mojaroga aylanadi va bu kabi imkoniyatni taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa tarafdan, Maykl Pens Donald Trampni afv etgan inson sifatida mashhurlikka erishishni istamasa-da, Jo Baydenning imkoniyatlari ham jamoatchilik fikri bilan cheklangan, jumladan, ikkala tarafdan ham. Sobiq prezidentga nisbatan faol sud jarayonlari jamiyatning darz ketishiga olib kelishi va u afv etilmasligi hamda sud ta’qibidan immunitet berilmasligi ham Tramp o‘z tarafdorlari qarshisida qurbondek bo‘lib qolishi mumkin.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bundan keyin Tramp nima bilan shug‘ullanadi?

Tramp o‘ziga nisbatan barcha ayblovlardan qutulib, yuridik himoyaga ega bo‘ldi ham deylik. Ammo 20-yanvardan keyin u nima bilan shug‘ullanadi? Avvalgidek ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanishga yo‘llar yopiq — biror yirik bank surunkali bankrotga zayom berishga rozi bo‘lmasa kerak. Odatda sobiq prezidentlar va birinchi xonimlar kitob yozadi (Bill va Hillari Klinton o‘zlarining memuariga avans sifatida 36,5 million dollar olgan), ma’ruzalar o‘qiydi va siyosiy konsultatsiyalar beradi yoki xayriya bilan shug‘ullanadi.

Trampga tug‘ishgan muhit — bu media, birinchi navbatda televideniye. Ammo aftidan, u yerda ham qo‘llab-quvvatlovlarni yo‘qotmoqda. Rupert Myordok imperiyasining kuchli ta’sirga ega kamida ikkita nashri ochiqchasiga undan voz kechdi: oktabrda 2020-yilgi saylovlar uchun Tramp nomzodini qo‘llab chiqqan kam sonli OAVdan biri bo‘lgan New York Post ikki hafta o‘tgach “Jo uchun vaqt!” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgan. O‘shdan Fox New boshlovchisi Nil Kavuto Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenani matbuot anjumanida demokratlarni Jo Bayden foydasiga keng ko‘lamli soxta ma’lumotlarni tarqatishda ayblaganidan so‘ng, translyatsiyani uzib qo‘ygandi.

Balki sobiq prezidenti o‘zining shaxsiy OAVni yaratishga urinar (yana bir bor) — u buni 2016-yilda, hali uning saylovlardagi g‘alabasini hech kim kutmagan vaqtda ham amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Trump TV’ning ikkinchi urinishi Trampga sodiq bo‘lgan mediatashkilotlar bazasida yaratilishi mumkin: Sinclair va One America News Network mintaqaviy konservativ telekanallar tarmog‘ida, asosan, Tramp mavzusi yoritiladigan ultravatanparvar kabel telekanalida. Vanity Fair jurnalining yozishicha, prezidentning kuyovi Jared Kushner hatto ob-havo ma’lumotlari telekanali Weather Channel’ni ham mo‘ljallagan va uning bazasida “Tramp-TV” yaratmoqchi bo‘lgan, biroq uning egalari bilan narxini kelishi olmagan.

Bundan tashqari, Tramp, masalan, o‘zining sevimli boshlovchisi Rasha Limboning mashhur radioshousini “meros” qilib olishi mumkin, deydi amaldagi prezidentning sobiq tarafdorlaridan biri The New Yorker’ga. 2020-yilning fevralida Limbo o‘zining saratondan o‘lishi mumkinligini e’lon qilganidan bir kun o‘tib, prezidentning qo‘lidan eng yuqori mukofotlardan birini — “Ozodlik” medalini qabul qilib olgan. “Tramp Floridadagi Mar-a-Lago koshonasidan turib, radioshouni olib borishi mumkin — biroq u har kuni mikrofon qarshisida bir necha soat o‘tirishga sabr topa olmasa kerak va uning formati ham kichik, u televideniye uchun yaratilgan”, deydi “Yolg‘on minorasi” kitobi muallifi Barbara Res (u o‘z kitobida Trampning qurilish biznesida qanday ishlagani haqida yozgan).

Oxir-oqibat uning yana bir bor prezidentlik saylovlarida qatnashishiga hech narsa to‘sqinlik qilmayapti. Axios’ning amaldagi prezident atrofidagi manbalariga tayanib yozishicha, Donald Tramp hozirdan 2024-yildagi saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlikni boshlagan. Shu bilan birga qayta saylanish imkoniyati — yoki kamida muvaffaqiyatli, yorqin kampaniya — yomon emas. Tramp Respublikachilar partiyasini o‘ziga mutlaqo og‘dirib olishga qodirligi nafaqat unga berilgan rekord darajadagi ovoz soni bilan, balki uning saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortgani sabab ko‘zga ko‘rinarli respublikachilar orasida ham ovozali noroziliklarning yo‘qligi bilan ko‘rinib turibdi.

Hozircha 2024-yilgi saylovlarda uning yonida uchinchi xotini — Melaniya Tramp bo‘ladimi, yo‘qmi, noma’lum. Britaniya tabloidlarining ta’kidlashicha, u prezidentlik vakolatlari tugashi bilan ajrashishga qaror qilgan. Birinchi xonim omma oldida juda ko‘p marotaba erining yonida o‘zini sovuq tutadi, biroq hozircha biror marta bu haqda o‘z e’tirozini bildirgan emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi