Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga nisbatan 2019-yilning sentabrida boshlangan impichment jarayonini “yovuz” va “korrupsiyaga botgan” deb hisoblaydi. 5-fevral kuni AQSh Senati Trampga qo‘yilgan ayblovlarni assossiz deb topib, uni oqladi. “Kommersant”ning yozishicha, impichment ishi yakunlangach, Oq uyda chiqish qilgan Tramp sodir bo‘lgan voqealarni “o‘ziga xos bayram” deb atagan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

AQSh prezidentining fikricha, u 2015-yilning yozida o‘z nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari surishini e’lon qilganidan buyon “nishonga” aylangan.

“Agarda Jeyms Komini ishdan haydab yubormaganimda, hozir bu yerda turmagan bo‘lardi. Ayblov arzimagan narsa. Bu do‘zax bo‘ldi”, — deydi Tramp.

Jeyms Komi — AQSh Federal qidiruv byurosining sobiq rahbari. Donald Tramp 2017-yilning mayida Komini iste’foga chiqargan edi. Tramp FQBning sobiq direktorini sirlarni ochib qo‘yishda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, mojaro Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Hanter Bayden ishi bo‘yicha hamkasbiga bosim o‘tkazishi natijasida boshlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)