Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Jorjiya shtatida prezidentlik saylovida Donald Tramp va Jo Baydenga berilgan ovozlar qayta hisoblab chiqiladi. Bu haqda shtatning davlat kotibi Bred Raffensperger CNBC nashriga ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Internewscast

Foto: Internewscast

Ovozlarni qayta hisoblash qo‘lda amalga oshiriladi. Raffenspergerning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlarga berilgan ovozlar o‘rtasidagi farq juda kichik bo‘lgani sababli ovozlar qo‘lda qayta hisoblanadi.

Jorjiya shtatida Bayden uchun saylovchilarning 49,5 foizi, Tramp uchun 49,2 foizi ovoz bergan. Shtat ovoz berish natijalarini 20-noyabrgacha tasdiqlashi kerak.

AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7-noyabr kuni AQShning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)