Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Manxetten okrugi prokurori Sayrus Vens AQSh prezidenti Donald Trampning 2011-yildan hozirgacha bo‘lgan soliq deklaratsiyalarini taqdim etishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tegishli so‘rov Tramp, uning oilasi va biznesi uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlagan Mazars kompaniyasining AQShdagi vakolatxonasiga yuborilgan. Prokuror AQSh prezidenti va uning Trump Organization kompaniyasi soliq ajratmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘ragan.

The New York Times nashriga ko‘ra, prokuror bu ma’lumotni Trampning advokati Maykl Koen 2016-yili pornoaktrisa Stormi Deniyelsga Tramp bilan jinsiy aloqalari (uning o‘zi buni inkor etgan) borasida sukut saqlash uchun 130 ming dollar to‘lagani haqidagi da’volar tufayli talab qilgan.

Prokuror mazkur to‘lov Nyu-York shtati qonunlariga zid kelish-kelmasligini tekshirmoqchi. Jumladan, uni bu to‘lov sud xarajatlari qatoriga qo‘shilishi qonuniyligi qiziqtirmoqda. Nyu-Yorkda bunday soxta ma’lumot taqdim etilishi jinoyat hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)