Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzod bo‘lgan Jo Bayden birinchi marta Pensilvaniya shtatida ovozlar hisoblanishi davomida oldinga chiqib oldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Shtatdagi saylovchilar bergan ovozlarning 95 foizi hisoblab bo‘lingan vaqtda Bayden 49,4 foiz, amaldagi prezident Donald Tramp esa 49,3 foiz ovozga ega bo‘lgan. Ikki raqobatchi o‘rtasidagi farq esa taxminan yetti mingta ovozni tashkil qilmoqda. Pensilvaniyada jami 9 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Pensilvaniya ovozlar to‘liq hisoblab chiqilmagan oltita shtat ichida eng yirigi hisoblanadi. Pensilvaniyadagi g‘alaba nomzodga jamoaviy saylovchilarning 20 ta ovozini olib keladi.

Hozirgi paytda Baydendan jamoaviy saylovchilarning 253 ta, Trampda esa 214 ta ovozi bor. Yakuniy g‘alaba uchun 270 ta ovoz to‘plash kerak. Shu tariqa, agar Bayden Pensilvaniyada g‘alaba qozonsa, boshqa shtatlardagi natijalardan qat’i nazar, u AQSh prezidenti bo‘ladi. Bayden Nevada va Arizona shtatlarida ovozlar hisob-kitobining boshidan buyon yetakchilik qilmoqda, Jorjiya shtatida esa u 6-noyabr kuni ertalab Trampni ortda qoldirdi.

Trampning shtabi esa Baydenni g‘olib deb atashga hali erta ekanligini ta’kidlamoqda. “Bu saylov hali tugamadi. Jo Baydenning g‘alabasi haqidagi yolg‘on taxmin hali yakuniy bo‘lmagan natijalarga asoslangan”, — deya ma’lum qilgan amaldagi prezidentning shtabi vakili Mett Morgan. Uning ta’kidlashicha, Trampning vakillari talab qilayotgan ovozlarni qayta hisoblashda vaziyat o‘zgarishi mumkin.

O‘z navbatida, Baydenning shtabi ma’lum qilishicha, u qisqa vaqt — yoki kun davomida, yoki 6-noyabr kuni kechqurun millatga murojaat bilan chiqishga tayyor bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)