Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShdagi ba’zi yirik telekanallar AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari haqida dalil-isbotsiz gaplar ayta boshlaganidan keyin uning Oq uydan turib so‘zlayotgan nutqi translyatsiyasini uzib qo‘ydi, deb yozadi Meduza. Trampning nutqini MSNBC, ABC, CBS, CNBC, MBC telekanallari hamda USA Today nashri to‘xtatib qo‘ydi.

Foto: Legion Media

Foto: Legion Media

Respublikachilar partiyasidan yangi muddat uchun da’vogarlik qilayotgan Donald Tramp o‘z nutqida Demokratlar partiyasi vakillarini firibgarlikda va saylovlarni o‘g‘irlashga urinishda aybladi. Shuningdek, u faqat “qonuniy ovozlar”ni hisobga olsa, saylovlarda o‘zi g‘olib bo‘layotganini aytdi, aslida esa bir nechta asosiy shtatlarda ovozlarni sanash hali davom etmoqda.

Trampni nutqining yarmida uzib qo‘ygan MSNBC boshlovchisi Brayan Uilyams hammadan ko‘ra tezkor harakat qildi. U efirda: “Biz yana noodatiy vaziyatda qoldik: biz nafaqat AQSh prezidenti nutqini uzib qo‘yyapmiz, balki uni tuzatyapmiz ham”, — dedi.

CNBC telekanalida boshlovchi Shepard Smit Trampning nutqini kesib qo‘yar ekan, “Qo‘shma Shtatlar prezidenti aytayotgan gaplar ahamiyatli darajada, mutlaqo noto‘g‘ri”ligini ta’kidladi.

CNN va Fox News telekanallari Trampning nutqini to‘liq ko‘rsatdi, ammo CNN jurnalisti Deniyel Deyl bu nutqni 2016-yildan buyon “eng nohaqqoniysi” deb atadi.

Twitter ham Donald Tramp nutqining translyatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi va o‘z dasturida to‘g‘ridan to‘g‘ri efir haqidagi belgichani olib tashladi.

AQSh prezidenti saylovidan keyin Twitter Trampning 20 dan ortiq tvitining sakkiztasini yanglishtiruvchi xabarlar deb belgilab qo‘ydi, Facebook va TikTok esa saylovlar “o‘g‘irlangani” haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatuvchi xeshteglarni blokladi.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni AQSh prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil rekord sonli amerikaliklar pochta orqali ovoz berdi, shu sababli ko‘plab shtatlarda ovozlarni hisoblash jarayoni uzoqroq davom etmoqda.

Tramp saylov uchastkalari yopilib bo‘lganidan keyin kelgan byulletenlar (pochta orqali) hisobga olinmasligini talab qilmoqda. Ayni paytda uning raqibi, AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden “har bitta ovoz hisobga olinishi shart”ligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq esa Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Amerika prezidenti saylovlari chog‘ida qoidabuzarliklar aniqlanmaganini ma’lum qilgandi. Tashkilot “amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika prezidenti saylovlari chog‘ida qoidabuzarliklar yuz bergani haqidagi gaplari asossiz hamda aholining demokratik institutlarga nisbatan ishonchini poymol qiladi”, — deya bayonot bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)