Toshkent vaqti bilan 12-noyabr kuni soat 13:25 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 4,8 ballni tashkil qilgan va 8 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 368 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezilgan:
- Namangan: 163 kilometr, 2 ball.
- Andijon: 111 kilometr, 3 ball.
- Farg‘ona: 171 kilometr, 2 ball.
Izoh (0)