• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pokistonda 300 ming kishining hayotini olib ketgan Bhola. XX asrning eng talafotli bo‘roni haqida

    1970-yilning 12-noyabri pokistonlik va hindistonliklar uchun tarixning qora sahifasidan o‘rin oldi. Aynan shu kuni bu ikki hududda yaqin tarixdagi eng xavfli tropik bo‘ron, tabiiy ofatlardan  biri ro‘y berdi. Umumiy hisobda yarim million odamning yostig‘ini quritgan ofat birgina Pokistonning o‘zida 300 ming kishini hayotdan olib ketdi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    <em>Foto: Google Photos</em>

    Foto: Google Photos

    Bu qanday boshlangan edi?

    Bo‘ronning shakllanishi 8-noyabr kuni Bengal ko‘rfazi ustida, aniqrog‘i, uning markaziy qismida sodir bo‘ldi. Shimolga qarab harakatlanish davomida u yanada kuchayib, 12-noyabr oqshomiga qadar eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Eng avj pallasiga yetgach, bo‘ron to‘lqini sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh) chizig‘iga yaqinlashdi va orollarni xarob qildi, yo‘l-yo‘lakay barcha narsani supurib ketdi.

    Hindiston hukumati Bengal ko‘rfazidagi kemalardan bo‘ronli siklon yaqinlashayotgani haqida ko‘plab ma’lumotlarni qabul qildi. Ammo Hindiston-Pokiston aloqalarida dushmanlik kayfiyati hukm surayotgani sababli bu xabarlar Pokiston tomoniga yetkazilmadi. Shu bilan birga, sharqiy Pokistonda bo‘rondan ogohlantirish tizimi yaxshi ishlamayotgan edi. Yovuzlik va puxta ish qilmaslik 100 minglab odamlarni hayotdan olib ketgan edi.

    Pokiston rasmiylari bundan kech bo‘lsa-da xabar topdi. Bu haqda rasmiy ma’lumot berilgani, radio eshittirishlarda odamlar ogohlantirilganiga qaramay, kech bo‘lgan edi. Pokistonda vaziyat shunday ediki, odamlarda qochishga imkon yo‘q edi. Shuningdek, hukumat ham evakuatsiya uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Ta’mirlanmagan yo‘llar, suv transportlarining kamligi va xavf ostidagi hududlarning relyefi, ya’ni suv bosishidan hech qayerga qochib qutilishning iloji yo‘qligi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

    Pokiston radiosi bo‘ronning quruqlik bilan aloqasidan 95 kilometr sharqda joylashgan Chittagong meterologik stansiyasi atrofidagi 13 ta orolda tirik qolganlar yo‘q, deb xabar berdi. Zarar ko‘rgan hududlarda binolar to‘liq vayronaga aylangan, ekinlar yo‘q bo‘lgan. Bhola va Xatiya orollarida sholi ekinlari to‘liq yo‘q bo‘ldi. Shu bilan birga, Bholada binolar vayron bo‘ldi, shu sababli ham ba’zi manbalarda ushbu bo‘ron “Bhola bo‘roni” deb ataladi.

    Chittagong va Mongla portlaridagi qayiqlar va kemalar jiddiy zarar ko‘rdi. Chittagongdagi aeroportlar bir necha metrlab suv ostida qolib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Talafotlar

    Siklonning kuchi 13-noyabrgacha bo‘ron bilan saqlanib qoldi va o‘sha kuni kechga borib u o‘z kuchini tezda yo‘qotdi. Eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud sifatida Tazumuddin eslanadi. U yerda 167 ming aholining 45 foizidan ko‘prog‘i halok bo‘ldi.

    Ofatning keltirgan zarari hisoblab chiqilganida umumiy summa 86,4 million dollarni tashkil qildi. 1970-yillardagi narxlarga nisbatan hisoblansa, hozirgi paytda bu raqamlar deyarli 10 barobarga ko‘payadi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar qirg‘oq zonalariga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oqdagi 85 foiz uylar zarar ko‘rdi va umuman yo‘q bo‘lib ketdi.

    1970-yil baliqchilar uchun og‘ir keldi. 70 ming mahalliy baliqchidan 46 mingtasi ofat qurboni bo‘ldi, omon qolganlarning 40 foizi jarohatlangan edi. Dovul tufayli baliq mahsulotlarini ishlab chiqarilishi 65 foiz zararlandi, bu esa mahalliy aholining turmush tarziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazar edi. Chunki aholining oqsilli oziq-ovqatining 4/5 qismi baliq edi. Agrar sanoat ham jiddiy zarar ko‘rdi: yo‘qotilgan ekinlar va 280 ming qoramol tannarxi 63 million dollar deb baholandi.

    Pokiston va Janubi-G‘arbiy Osiyo shartnomasidagi davlatlar hamkorlari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda dovul sababli o‘lim darajasi 14,2  foiz deb baholandi, bu 240 ming o‘limga teng edi. Tadqiqot so‘ngida aniq son aytildi – 224 ming kishi, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududdagi umumiy o‘lim darajasi 16,5 foiz deb baholandi.

    To‘fon siyosiy tus oldi

    Sharqiy Pokistondagi siyosiy elita markaziy hukumatning tabiiy ofatga qarshi birinchi choralarini tanqid qildi.Siklon urilganidan o‘n kun o‘tib e’lon qilingan o‘n bir sharqiy Pokiston siyosiy rahbarlari tomonidan imzolangan bayonotda hukumat “qo‘pol e’tiborsizlikda, ayovsiz beparvolikda va to‘liq befarqlikda” ayblandi. Ular mamlakat prezidentini vaziyatni ommaviy axborot vositalarida past darajada aks ettirganlikda aybladi.19-dekabr kuni talabalar hukumat harakatlarining sustligiga norozilik ko‘rsatish maqsadida Dakka ko‘chalari bo‘ylab yurish uyushtirdi. 24-noyabr kuni mitingda Mavlono Abdulhamidxon Baxoniy 50 ming kishilik olomon oldida nutq so‘zladi, u Pokiston prezidentining samarasizligini tanqid qildi va iste’fosini talab qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mujibur Rahmon boshchiligidagi eng yirik sharqiy Pokiston siyosiy partiyasi bo‘lgan Avami Lig 1970-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan milliy saylovlarda aksariyat ovozni qo‘lga kiritdi, bu qisman markaziy hukumatning Bhola sikloniga yomon munosabati bilan bog‘liq edi. Zarar ko‘rgan okruglarda milliy va viloyat kengashlariga saylovlar 1971-yil 17-yanvarga qoldirildi.

    Qutqaruv ishlarining sekinligi sharqiy Pokistonda g‘azabni kuchaytirdi va mahalliy qarshilik harakatlari kuchaydi. Subsidiyalar sekin kelar, mashinalar mablag‘larni kerakli nuqtalarga shoshilmasdan yetkazar edi. 1971-yil mart oyida keskinlik doimiy ravishda o‘sib bordi va zo‘ravonlikdan qo‘rqqan xorijiy mutaxassislar viloyatni tark etishni boshladi. Kelajakda vaziyat yomonlashishda davom etdi va 26-martda boshlangan Mustaqillik urushiga aylandi. Keyinchalik, o‘sha yilning dekabr oyida  mojaro Bangladesh davlatining yaratilishi bilan yakunlangan uchinchi Hindiston-Pokiston urushiga aylandi.

    Jahon hamjamiyati yordami

    Dunyoning turli nuqtalaridan gumanitar, insonparvarlik va moliyaviy yordamlar kelishni boshladi. Ikkala tomonning dushman bo‘lishiga qaramay, Hindiston Pokistonga 1,3 million dollar ajratdi. Dunyoning boshqa davlatlari ham qolishmadi, xususan, AQSh – 10 million, Britaniya – 1,5 million funt sterling, Kanada – 2 million, Fransiya – 1,3 million, Vatikan – 100 ming va Yaponiya – 1,65 million dollar va turli xil mahsulotlar yubordi.

    1970-yil dekabrda Qizil xoch jamiyati Federatsiyasi tropik siklonlardan zarar ko‘rgan mamlakatlar uchun harakatlar rejasi loyihasini taqdim etdi. Shu bilan birga, Qizil xoch vakili sharqiy Pokistonda ish olib borgan qutqaruvchilar malakasi yetarli emasligini va shu sababli federatsiya mutaxassislar ma’lumotlar bazasini tuzishini ta’kidladi.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    12.11.2020, 22:23   Izoh (0)   37059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskva meri Sergey Sobyanin shahar aholisining qanchasi koronavirusga chalinib chiqqanini aytdi

    12.11.2020, 21:46

    Donald Tramp Jo Baydenga hokimiyatni topshirishdan bosh tortdi. Ammo demokratning jamoasi hokimiyat tranzitiga tayyorlanishni boshladi

    12.11.2020, 21:10

    Koronavirusga qayta chalinish holatlari haqidagi yangiliklar haqiqatmi? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Vaksina bundan qutqaradimi?

    12.11.2020, 20:48

    Rossiyaning Kemerovo viloyatida “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan shifokor koronavirusga chalindi. Shunday holat Oltoy o‘lkasida ham kuzatilgandi

    12.11.2020, 20:24

    Saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng Trampga nima bo‘ladi? U Oq uydan to‘g‘ri qamoqqa ravona bo‘lishi rostmi? O‘zini o‘zi afv etishga ulguradimi? Uning kelajagiga oi...

    12.11.2020, 20:12

    Rossiyada COVID-19’dan o‘lim holatlari bo‘yicha sutkalik antirekord qayd etildi. Bir kunda 439 kishi vafot etdi

    12.11.2020, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31

    Qozog‘istonda xotinini 10 yil davomida urib kelgan sobiq diplomat 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 18 iyul, 20:30

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Layfstayl | 18 iyul, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.