Niderlandiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniya bilan durang o‘ynadi (1:1).
Shu tariqa niderlandlar bosh murabbiy Frank de Bur qo‘l ostidagi dastlabki to‘rt o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bunaqasi Niderlandiya futboli tarixida ilk bor kuzatildi.
Niderlandiya Meksikaga yutqazdi (0:1), keyin esa Bosniya va Gersegoniva (0:0), Italiya (1:1) va Ispaniyaga (1:1) qarshi o‘yinlarda durang qayd etdi.
Ta’kidlash joiz, de Bur 2016-yilda “Inter” boshqaruvida 11 ta o‘yin o‘tkazgan va shundan keyin iste’foga chiqarilgan, 2017-yilda esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan keyin “Kristal Pelas”dan ketgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)