Portugaliya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Andorrani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchartdi (7:0).
Bu portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu uchun terma jamoa safidagi 100-g‘alaba bo‘ldi.
“Terma jamoa safida navbatdagi ko‘rsatkichni qayd etganimda xursandman!”, — deya yozadi Ronaldu.
Bu borada rekord Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramosga (129 g‘alaba) tegishli. Keyingi o‘rinlardan Iker Kasilyas (121) va Xavi (100) joy olgan.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida umumiy 168 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu borada Yevropa rekordiga qadar 8 ta o‘yin bor (Janluiji Buffon va Serxi Ramos, 176 o‘yin), jahon rekordigacha esa — 16 (Ahmad Hassan, Misr terma jamoasida 184 o‘yin).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)