Artur Konan Doyl asarlariga ko‘ra tergovchi Sherlok Xolms yashagan Londondagi Beyker-stritdagi uy Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasiga tegishli, deb yozmoqda Meduza The Times gazetasiga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva Beyker-stritdagi 221b uyning 90 foiziga egalik qiladi, qolgan 10 foizi uning o‘g‘li Nurali Nazarboyevga tegishli.
The Times’da qayd etilishicha, Nazarboyevlar oilasi umumiy hisobda Beyker-stritdagi 215 va 237 uylar va unga qarashli yerlarga ham egalik qiladi.
Uy rasman uni 140 million funt sterlingga sotib olgan Farmont Baker Street Limited kompaniyasi nomiga rasmiylashtirilgan.
Avvalroq Londonda Nursulton Nazarboyevning qizi va nevarasiga tegishli 100 million dollarlik uylar xatlangani, keyinchalik sud ushbu mol-mulklarni xatlash to‘g‘risidagi orderni noqonuniy deb topgani xabar berilgan edi.