Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqarolar T.B. va Sh.S. Qarshi tumani, “Bog‘obod” mahallasi hududidagi omborxonani ijaraga olib, “Russkaya”, “Zerno” va “Kolos” nomli qalbaki aksiz markali jami 2 491 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)