“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yaqin orada navbatdagi mehmonxonasini ochadi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.
MIM Hotels tizimiga kiruvchi navbatdagi mehmonxona 4-dekabrda ishga tushadi. Mehmonxona Ispaniyadagi eng yirik tog‘-chang‘i kurorti Bakeyra Beretda joylashgan.
Inshoot tog‘ etagida joylashgan bo‘lib, yonida kanat yo‘li mavjud. To‘rt yulduzlik mehmonxona lyuks va yarim lyuks 141 ta xonadan iborat.
Futbolchining boshqa mehmonxonalari Sijes (Kataloniya), Mayorka va Ibitsada joylashgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)