Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-4) va Dastin Porye (26-6) o‘rtasidagi jang rasman tasdiqlandi.
Yengil vazn toifasining nomdor jangchilari o‘rtasidagi jang UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi. Mazkur UFC kechasi 23-yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkaziladi.
Bu Konor va Porye o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘ladi. 2014-yilgi UFC 178 musobaqasida Konor raqibini nokautga uchratgandi.
Avvalroq Dastinning yuqori moliyaviy talablari tufayli ushbu jang bekor bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.