Sirdaryoning Boyovut tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar bermoqda “Sirdaryo xabarlari”.
Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 6-noyabr kuni soat 13:35 larda bergan xabariga ko‘ra, tumanning “Qaropchi” mahallasida yashovchi 25 yoshli Sh.M. hamda uning 21 yoshli turmush o‘rtog‘i D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, uyida vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, er-xotinning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.
Holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, vafot etgan marhum va marhumalarning turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan.
Avvalroq Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etgandi, Ular voqeadan ikki kun avval turmush qurgan bo‘lgan.
Izoh (0)