Samarqand viloyatining Paxtachi tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolari yig‘inidagi xonadonlarning birida qo‘lbola pechdan is gazi sizib chiqishi oqibatida yosh er-xotin vafot etgani xabar qilingandi.

“Xabar.uz”ning qayd etishicha, mazkur holatni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Unga ko‘ra, holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, fojiadan ikki kun avval marhumlarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq FVV O‘zbekistonda o‘tgan kuz-qish mavsumida 73 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida ma’lum qilgandi.