Navoiy viloyati Konimex tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-3 avtomashinasi ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda IIV.
Ma’lum qilinishicha, Konimex tumanidan o‘tuvchi 4R-209 davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining 43-kilometrida Nexia-3 rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan haydovchi tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan.
Natijada avtomashina ag‘darilib ketib, o‘zidan oldinda ketayotgan, ichida bir kundan so‘ng nikoh to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan yoshlar bor Malibu’ga borib urilgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomashinasi ichidagi 28 yoshli yo‘lovchi vafot etgan.
Holat yuzasidan Zarafshon IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Navoiy viloyatda bir necha yuk va yengil mashinalar ishtirokida yirik YTH yuz bergani, Chiroqchida Cobalt’lar to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Andijonda chiroqlari elektrdan qarzdorlik sabab o‘chirib qo‘yilgan qorong‘i trassadagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)