Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ikki Cobalt avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIB.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 1-noyabr soat 21:30 larda G‘uzor–Samarqand yo‘lining 85 kilometrida Toshkent–Surxondaryo yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt avtomashinasi haydovchisi tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan.
Buning natijasida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan avtomobil katta tezlikda kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan.
Oqibatda ikki Cobalt’ning 1 nafardan yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikki haydovchi o‘rta darajada og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga ikki avtomashinadagi boshqa yo‘lovchilar ham turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yetkazilgan.
Hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiyda mast haydovchi sodir etgan YTH oqibatida 27 yoshli yigit bir qo‘lidan ayrilgani, Andijonda chiroqlari elektrdan qarzdorlik sabab o‘chirib qo‘yilgan qorong‘i trassadagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani hamda Gulistonda YHXBning Mercedes mashinasi “Niva”ga urilib, uni ag‘darib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)