• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qarzlar, shubhali homiylar va boyishda davom etayotgan xo‘jayinlar. “Manchester Yunayted”ga nimalar bo‘lmoqda?

    Agar to‘rtinchi moliyaviy chorak natijalariga nazar tashlansa, “Manchester Yunayted”ning ishlari (bundan-da) yaxshiroq bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi. Ayni paytda klub behuda va maqsadsiz pul sarflamoqda, qarzlar esa tobora ko‘payib bormoqda. Biroq shunga qaramay, klubning amerikalik egalari — Gleyzer oilasi hamon boyishda davom etmoqda.

    Ayni shu masalalar yuzasidan tashkil etilgan investorlarning virtual uchrashuvida (o‘sha) eski savollar muhokama qilingan. Tijoriy ishlar bo‘yicha direktor Richard Arnold yuqorida aytib o‘tilgan barcha savollarni yana bir bor chetlab o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda klubning 10 millionlab obunachilari boriligi bilan maqtangan. Shu bilan birga, futbol jamoatchiligining taniqli vakili Ed Vudvord Project Big Picture (ingliz futbolidagi gigantlar uchun juda foydali bo‘lgan islohotlar ro‘yxati) va Yevropa Superligasini eslatib o‘tgan. Shuningdek, tomoshabinlarning tribunalarga qaytishi va transfer xarajatlari masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

    Demak, quyida ushbu uchrashuvdan qanday xulosalar chiqarish mumkinligi haqida batafsil fikr yuritiladi.

    Kam daromad, ko‘proq sof qarz

    “Manchester Yunayted”ning 2020-yilning 30-iyunigacha bo‘lgan yillik daromadi 509 million funt sterlingni tashkil qildi, bu 2019-yilga nisbatan, (627,1 million funt) sezilarli darajada kam. Klub 560—580 million atrofidagi daromadga umid qilayotgandi, ya’ni tomoshabinlarsiz uchrashuvlar “qizil iblislar”ga 70 million funtga tushgan.

    Albatta, eng yomoni, muxlislarsiz o‘yin o‘tkazish. Buning ustiga, teletranslyatsiya qiluvchilar ham 14 million funt sterlingni qaytarib olib qo‘ydi. Qizig‘i shundaki, tijoriy daromad 3,9 million funtga ko‘tarilib, 279 million funtga yetdi. Buning sababi: ko‘proq homiylik shartnomalari va mavsumoldi safarlar uchun belgilangan mablag‘. Ushbu ikkita jihat “Old Trafford”dagi Megastore (klub do‘koni) yopilishidagi zarbani yumshatishga yordam berdi. Odatda brend do‘kon katta pul olib kelardi, ammo pandemiya tufayli u mart oyining o‘rtalaridan to iyun oyining yarimlariga qadar faoliyat yuritmadi. Shu sababli klub 5,8 million funtni qo‘ldan chiqardi.

    Bu shuni anglatadiki, o‘tgan 12 oyda soliqlar, foizlar, va amortizatsiya oldidagi foyda 132,1 millionga kamaydi — o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 185,8 million funtni tashkil etgandi. Bu klubning 2015-yildan beri eng yomon ko‘rsatkichi hisoblanadi. Agar bu ko‘rsatkich 65 milliondan pastga tushadigan bo‘lsa, sarmoya kiritgan har bir investor, qonunga binoan, o‘z pullarini qaytarib olishi mumkin.

    Operatsion daromad 5,2 million funtga kamaydi va klub 23,2 million funtni yo‘qotdi. Eng yomoni, sof qarzdorlik 474,1 millionga yetdi, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 203,6 million funt sterlingni tashkil qilgani aytildi.

    Bu 133 foizga o‘sdi degani. Bularning barchasi “Yunayted” nima uchun transfer oynasida mablag‘ sarflashni istamaganligini tushuntiradi. Klub moliyaviy direktori Kliff Beytining aytishicha, ishlar shu qadar yomonki, bu safar kelajakdagi daromadlar to‘g‘risida umuman taxminlar ham bo‘lmasligi mumkin. Bunga sabab deya mavsumoldi safarlarning yo‘qligi va butun mavsumning tomoshabinlarsiz o‘tishi ehtimoli ko‘rsatilmoqda.

    O‘yinchilarning ish haqi kamayishi, aksiyadorlarning dividendlari

    “Yunayted” har safar Chempionlar Ligasidan quruq qolar ekan, bu o‘z futbolchilarining hamyoniga zarba bo‘ladi. Qabul qilingan qoida tariqasida har bir o‘yinchining ish haqini 25 foizga qisqartiriladi, biroq istisnolar shartnomalarda ko‘rsatilgan bo‘lishi ham mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Darhaqiqat, hisobotlarda hamma narsani ko‘rish mumkin: bir yil davomida xodimlarning maoshiga sarflangan mablag‘ 48,3 millionga kamayib, 284 million funtni tashkil etgan. Bu “Yunayted”da “Chempionlar Ligasida ishtirok etmaslik oqibatida ish haqining pasayishi”, deb nomlanadi.

    Ammo barqaror jihatlar ham yo‘q emas: aksiyadorlarga dividendlar. 2020-yilda klub aksiyadorlarga 23,3 million funt sterling to‘ladi — bu 2019-yilga nisbatan, atigi 100 mingga kamdir. Ular “Manchester Yunayted”ning 78 foiziga egalik qilganligi uchun eng ko‘p mablag‘ ishlab oldi.

    The Athletic’ga ma’lum bo‘lishicha, to‘lovlar pandemiya boshlanishidan oldin, fevral oyida kelishilgan ekan. Shu tariqa keyingi safar voqealar rivoji qanday o‘zgarishini taxmin qilish qolmoqda. Hozircha esa klub “buni muhokama qilmagan”. Ammo bitta narsa aniqki, agar “Yunayted” dividend to‘lashga qodir bo‘lsa, ular buni amalga oshiradi. Ishbilarmon doiralarda bu xatti-harakatlar qudratni namoyish qilish bilan bog‘lanadi.

    Xitoyning kirib kelishi va Chevrolet’dan syurprizlar

    Homiylik shartnomalari ham klub uchun yana bir syurpriz bo‘lib xizmat qildi.

    “Yunayted” hozir yangi titul homiysini izlamoqda — Chevrolet bilan yetti yillik shartnoma 2020/21-yilgi mavsumi oxirida nihoyasiga yetadi. Ammo yangi hamkor qidirish o‘rniga, klub amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

    Chevrolet’ni boshqaradigan General Motors pandemiya ta’siridan xavotirga tushib, kompaniya logotipi “qizil iblislar” libosida kelasi yilning dekabriga qadar saqlanib qolishi kompaniya uchun manfaatli bo‘ladi degan qarorni qabul qildi. Ya’ni, amerikaliklarda qolgan 559 million dollarni to‘lashi uchun yana olti oy vaqt bor va to‘lovlar dollarda emas, balki funtda (425 million) amalga oshiriladi. Ushbu holatdagi muhim jihat shundaki, endilikda klub “injiq” kursdan qo‘rqmaydi. Shu tarzda “Yunayted” yana 11 millionga ega chiqadi.

    Aslida bu “Manchester Yunayted”ga yangi hamkor tanlashga shoshilmaslikka yordam beradigan o‘zaro manfaatli kelishuvdir. Biroq insayderlar esa amerikaliklar bilan kelishuv ushbu darajadagi boshqa homiy topa olmaslik bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotni qat’iyan rad etmoqda. Aftidan, hozirda bir qancha da’vogarlar bilan muzokaralar olib borilayotgan ko‘rinadi. Bu shuni anglatadiki, nazariy jihatdan “Yunayted” mavsum o‘rtalarida o‘z homiysini o‘zgartirishi ham mumkin. Futbolda esa bunday holatlar ko‘p ham uchrayvermaydi.

    Arnold “Manchester Yunayted”ning tijorat strategiyasi juda muhim ekanligini ta’kidlamoqda. U “kuchli yil”ni tasvirlar ekan, sakkizta yangi homiylardan ikkitasi — Lego va Visit Malta haqida so‘z yuritdi. “Biz o‘z brendimizni yuksaltirish uchun tinimsiz yangi imkoniyatlarni izlaymiz. Klubning kuchli tijorat dvigateli jamoaga pulni qayta sarmoyalashga imkon beradi”, — deydi Arnold.

    Tijorat direktorini ayniqsa, Uzoq Sharqdagi faoliyatning kengayishi xursand qilmoqda. Gap birinchi navbatda elektron tijorat giganti Alibaba bilan tuzilgan kelishuv haqida ketmoqda. Arnold bu borada shunday deydi: “Biz hozir Xitoyda har qachongidan ham ko‘proq kontent yaratyapmiz. Ayni damda Weibo va WeChat tarmoqlarida eng ko‘p talab qilinayotgan klubmiz”.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chiqishi so‘nggida Arnold “Yunayted”ning barcha ijtimoiy tarmoqlarda 1,4 milliardlik ijtimoiy aloqalari borligini, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 24 foizga oshganligini eslatib o‘tdi. Bu albatta, klub uchun butunlay yangi kurash maydonidir: 2013-yilda Ser Aleks Fergyuson bosh murabbiylik lavozimini tark etganida “Manchester Yunayted”ning hatto Twitter’da ham sahifasi yo‘q edi.

    Transfer xarajatlarini asoslash

    “Iblislar”ning transfer harakatlari haqida ham ko‘p gapirildi. Mankunianlar Jeydon Sanchoni yoz davomida ta’qib qildi, biroq uning transferi uchun yetarli mablag‘ topilmadi. Vudvord esa so‘nggi besh yil ichida bironta ham 100 million yevrodan qimmat bo‘lgan bitim bo‘lmaganini aytdi.

    Bundan tashqari, Vudvord anchadan beri o‘ziga qilinadigan tanqidlarga ko‘nikib qolgan. O‘z nutqida u shuningdek, amalga oshirilgan asosiy transferlarni eslab o‘tdi: “Biz Donni van de Bek va Aleks Telles kabi yangi kelganlardan mamnunmiz, ularni juda uzoq vaqtdan beri kuzatib borayotgandik. Shuningdek, ajoyib hujumchi Edinson Kavani qo‘shildi, u hujum chizig‘imizga xilma-xillik bag‘ishlaydi. Fakundo Pellistri va Amada Dialloning yanvar oyida jamoaga qo‘shilishidan ham xursandmiz. Ularning har ikkalasi yosh istiqbolli futbolchilardir”.

    Vudvord shuningdek, Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida tarkibni kuchaytirishga yo‘naltirilgan xarajatlar 40 foizga kamayganligi haqida gapirdi. U o‘ta ehtiyotkor “Real”, “Barselona”, “Bavariya”, “Yuventus” va PSJni qayd etdi, ularning sof xarajatlari 9 million yevroni tashkil qilgan. U “Chelsi”ning sarf-xarajatlarini ham e’tiborsiz qoldirolmadi: “Albatta, istisnolar ham bo‘ldi. Ayniqsa, “Chelsi” 2019-yilgi taqiq natijasida paydo bo‘lgan ‘teshiklar’ni yopdi. Lekin asosiysi, so‘nggi bir nechta transfer oynasiga qaralsa, bizning sof sarmoyamiz raqobatchilarimiz bilan solishtirganda juda yaxshi”.

    Hukumatni ayblash, Big Picture’ga shama qilish va Superligadan voz kechish

    Agar Vudvord barcha muammolarida kimnidir ayblashi kerak bo‘lsa, demak bu Britaniya bosh vaziri Boris Jonsondir.

    Klub va shaxsan, Vudvord hukumat Angliya futbolini mumkin bo‘lgan restrukturizatsiyaga har safar birinchi navbatda “Manchester Yunayted”ga rad javobini berganidan norozi. Ularni yana-da g‘azablantirgan omil — sport tadbirlarida mavjud bo‘lgan ijtimoiy masofa qoidalari. Qaysidir ma’noda uning e’tirozlarida ham jon bor:

    “Biz batafsil rejalarni ishlab chiqdik va muxlislarni tribunaga qaytarish, ularga xavfsiz muhitni kafolatlash bo‘yicha o‘zimizga va umuman qobiliyatimizga ishonamiz. 20 dan ortiq Yevropa mamlakatlarida tomoshabinlarga stadionlarga u yoki bu tartibda kirish imkoni berilgan. Buyuk Britaniya hukumatidan ushbu misollarga rioya qilishni so‘raymiz. Biz odamlarning xavfsizligi hamma narsadan ustun ekanligi haqida bahslashmaymiz, lekin hech bo‘lmaganda izchillikni talab qilamiz. Agar odamlar samolyotda yoki kinoteatrda bir necha soat o‘tirsa, nima uchun ular ochiq havoda va professionallar tomonidan tomosha qilinadigan stadionlarga tashrif buyurmasligi kerak? Muxlislar futbolning asosidir va hukumatning nomuvofiqligi klublar va ularning asabiga tegmoqda”.

    Investor uning nutqiga munosabat bildirgach, Arnold unga quyidagicha javob qaytardi: “Dastlab biz oktabr oyining boshida stadionlarning qisman to‘ldirilishini kutgandik. Avgust va sentabr oylarida sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Hukumatning tavsiyalari sport maydonlarida bo‘layotgan voqealar tufayli emas, balki maktab va universitetlarda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli o‘zgardi”.

    Arnoldning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tomoshabinlarning martgacha qaytishini kutishdan ma’ni yo‘q.

    Vudvord shuningdek, elitaga tortmaydigan 14 klub ma’qullamagan Big Picture loyihasiga ham to‘xtaldi. Vudvord “Yunayted”ni imkoniyatlarda foydalanib qoladigan emas, balki boshqalarga g‘amxo‘rlik qiladigan klub deb atadi.

    “Biz muzokaralarda faol ishtirok etdik, chunki ingliz futboli piramidasini COVID-19 fonida, ham qisqa ham uzoq muddatli istiqbollardagi barqarorligini ta’minlash uchun qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Har qanday o‘zgarish doimo futbol tuzilishi borasida keskin tortishuvlarga olib kelgan. Bu 28 yil oldin Premyer Liga tashkil topganida ham shunday bo‘lgan. Hozir futbol uchun juda muhim lahzalar va biz Premyer Liga muvaffaqiyatiga kafolat berishimiz kerak”.

    Shundan so‘ng investorlardan biri Yevropa Superligasi loyihasini eslatib o‘tdi. Bu haqda anchadan beri muzokaralar bo‘lib kelmoqda va bir paytlar ushbu g‘oyani moliyaviy gigant JP Morgan qo‘llab-quvvatlagandi. Ammo Vudvord APLning “katta oltiligi” bu borada muzokaralar olib borayotgani haqidagi mish-mishlarni tasdiqlashdan bosh tortdi. Unga ko‘ra, agar FIFA bilan qandaydir suhbat o‘tgan bo‘lsa, gap faqat 2024-yildan boshlab Chempionlar Ligasidagi potensial o‘zgarishlar va ishtirokchi jamoalar sonining 36 taga ko‘payishi haqida ketganini aytgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    08.11.2020, 23:58   Izoh (0)   21975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Liverpul” safarda “Manchester Siti” to‘sig‘idan o‘ta olmadi, “Lester” peshqadamga aylandi

    08.11.2020, 23:37

    Krishtianu Ronaldu jarohat oldi. U 1,5 oy deganda asosiy tarkibda maydonga tushgandi

    08.11.2020, 23:02

    Miraziz Mirzahalilov — chempion, Fanat Qahramonov va Sanjar Tursunovdan kutilmagan natija. Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining barcha sovrindorlari ma’lum bo...

    08.11.2020, 22:00

    A Seriya. “Inter” Bergamoda ochko yo‘qotdi, Eldor Shomurodov jamoasi “Roma”ga taslim bo‘ldi

    08.11.2020, 21:03

    PSJ Fransiya chempionatida rekord qayd etdi

    08.11.2020, 20:09

    O‘zbekistonlik Ravshan Umrzoqov prof ringdagi 2-mag‘lubiyatini ukrainalik yengilmas bokschidan qabul qilib oldi

    08.11.2020, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.