PSJ Fransiya chempionatining 10-turida “Renn”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
Parijliklar klubi Fransiya oliy divizionida ilk bor ketma-ket beshta o‘yinni kamida uchta to‘p farqiga ega g‘alaba bilan yakunladi.
Avvalroq PSJ Liga 1 doirasida “Anje” (6:1), “Nim” (4:0) va “Dijon” (3:0) kabi jamoalar ustidan yirik hisobda zafar quchgandi.
Tomas Tuxel shogirdlari 24 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)