Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 7-turidan o‘rin olgan 8-noyabr, yakshanba kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.
Antonio Konte boshchiligidagi “Inter” jamoasi Bergamoga safar qildi va “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 59-daqiqada Lautaro Martines milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 78-daqiqada Aleksey Miranchukning goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda shu hisob saqlanib qoldi
“Atalanta” 13 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi, “Inter” (12) 7-pog‘onadan joy olgan.
Parallel kechgan bahsda “Jenoa” o‘z uyida “Roma”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Genrix Mxitaryan Rim jamoasining dastlabki golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Marko Pyatsa muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq keyinroq armanistonlik futbolchi yana ikkita to‘p kiritgan holda “bo‘rilar”ning g‘alabasini ta’minladi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Roma” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Jenoa” esa 5 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
7-tur bahslari
8-noyabr, yakshanba
“Atalanta” — “Inter” 1:1
Gollar: 0:1 – 58 Martines, 1:1 – 79 Miranchuk.“Atalanta”: Sportyello, Xatebur, Gimshiti, Romero, Rujeri (Moxika, 90), Gomes, Pashalich (Pessina, 59), Malinovskiy (Miranchuk, 59), Froyler, Toloi (Muriel, 73), Sapata (Lammers, 73).
“Inter”: Handanovich, Darmian (Hakimi, 83), de Vrey, Shkrinyar, Yang (D`Ambrozio, 83), Brozovich, Vidal (Galyardini, 70), Sanches (Perishich, 74), Barella, Bastoni, Martines (Lukaku, 74).
Ogohlantirishlar: Martines (30), Gimshiti (33), de Vrey (44), Vidal (69).
“Jenoa” — “Roma” 1:3
Gollar: 0:1 – 45 Mxitaryan, 1:1 – 50 Pyatsa, 1:2 – 66 Mxitaryan, 1:3 – 85 Mxitaryan.“Jenoa”: Perin, Bani, Biraski, Masyello (Gilyone, 70), Krishito, Rovella, Zays (Badel, 81), Radovanovich (Pellegrini, 70), Lerager (Destro, 81), Pyatsa (Pandev, 61), Skamakka.
“Roma”: Lopes, Karsdorp, Rojer, Manchini, Spinatssola (Bruno Peres, 14), Mxitaryan, Pellegrini (Vilyar, 87), Pedro, Veretu, Smolling, Mayoral (Kristante, 61).
Ogohlantirish: Zays (5).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)