Lego kompaniyasi “Arvoh ovchilari” kinofranshizasidagi mashhur avtomobilga bag‘ishlangan jamlanmasini taqdim etdi. 2352 ta detaldan iborat 1959-yilgi Cadillac Miller-Meteor Ecto-1’ni yig‘ish uchun 199 dollar to‘lash kerak, deb xabar beradi Motor.

Foto: Lego

Daniya kompaniyasining yangi jamlanmasi 2352 ta detaldan iborat bo‘lib, uning yordamida “Arvoh ovchilari” filmidagi tez yordam mashinasini yig‘ish mumkin. Tayyor modelning uzunligi 47 santimetrga teng. Jamlanma yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Cadillac Miller-Meteor’ni yig‘ish davomida franshiza muxlislar mashina ehtiyot qismlaridan hayratga tushadi, shuningdek, filmga oid bir nechta yashirin belgilarga duch keladi.

Foto: Lego

O‘yinchoq Cadillac haqiqiy avtomobilning xuddi o‘zi. Konstruktor yaratuvchilari mashinaning ranglar gammasini to‘liq saqlab qolgan, shuningdek, kuzoviga kinodagidek “zanglash effekti”ni qo‘shgan. Bundan tashqari, Lego modeli qimirlaydigan rul chambaragiga ega bo‘lib, u orqa o‘rindiqqa qadar suriladi.

Foto: Lego

Foto: Lego

Foto: Lego

Foto: Lego

Foto: Lego

Foto: Lego

Foto: Lego

Avvalroq britaniyalik bloger 3D-printerda Lego uslubida chop etilgan poyga mashinasida harakatlangan edi. Sentabr oxirlarida esa Bentley markasining 100 yillik yubileyi munosabati bilan cheklangan seriyada taqdim etilgan Blower modellari ortidan kompaniya ishqibozlaridan biri Lego konstruktori yordamida afsonaviy modelning nusxasini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.