Honda markasi Lego kompaniyasi mutaxassislari bilan birga, konstruktor yordamida Avstraliyadagi dunyoga mashhur Mount Panorama poyga trassasini yaratdi. Mount Hondarama nomini olgan loyihani yaratish uchun 650 soatdan ortiq vaqt va 150 ming detal talab etildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Honda Australia

Loyiha ichidan trassa, Honda’ning bir necha avlod modellari, mototsikllar, avtosalon, servis markazi, shuningdek, “Formula-1” avtomobillar va HondaJet o‘rin olgan. Bundan tashqari, konstruktorlar tribunani, muxlislarni, o‘rindiqlarni va hatto tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilarni ham yaratgan. Ammo konstruksiyaning o‘ziga xosligi — radioboshqariluvchi mashinalar hisoblanadi, ular yordamida trassada haqiqiy poyga uyushtirish mumkin.

Butun konstruksiya 210 kilogrammga teng bo‘lib, uzunligi 3300 millimetrni, eni — 1800 millimetrni tashkil etadi.

Foto: Honda Australia

Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, trassani yaratishda, asosan, o‘yinchoq avtomobillarning dinamik harakati uchun sharoit yaratish qiyinchilik tug‘dirgan.

Avstraliyaning asosiy avtrodromi — Mount Panorama, 1938-yildan buyon mavjud va olti kilometr uzunlikka ega. Uning o‘ziga xosligi past-balandlikning keskin o‘zgaruvchanligida — 174 metr. Boshni aylantiradigan darajada tepaliklar va keskin pastliklar sabab uni “Havorang do‘zax” deb atashadi.

Foto: Honda Australia

Foto: Honda Australia