Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasining internetda tarqalgan videolari yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 6-noyabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumanidan Amir Temur ko‘chasida 31 yoshli U.R. boshqaruvidagi Nexia-3 18 yoshli D.X.ga tegishli BМW’ga urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
BMW boshqaruvni yo‘qotib, 36 yoshli U.M.ga tegishli Captiva, 34 yoshli U.Y.ga qarashli KIA Carnival, shuningdek, Spark, Matiz, yana 2 ta Captiva, Cobalt, Malibu kabi transport vositalariga shikast yetkazgan.
YTH oqibatida BMW haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Hodisaning taxminiy sabablaridan biri sifatida Nexia-3’ning qayrilib olishga uringani va asosiy yo‘ldan kelayotgan BMW’ga xalaqit bergani aytilmoqda. Vaziyat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda, deyiladi boshqarma axborotida.
Avval Toshkentda Nexia-3 hamda Spark o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida voyaga yetmagan bola vafot etgani, Toshkent viloyatida Mercedes va Matiz ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘lgani, Toshkentda daraxtga urilgan Spark haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)