O‘zbekistonda harakatlanish tezligi soatiga 40 kilometrdan oshadigan elektroskuter va elektromototsikllar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan ortiq yoki soatiga 40 kilometr va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar) ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Izoh (0)