• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Aktyor va prezident. “Yovuzlik imperiyasi” atamasini yoqtirgan AQSh prezidenti Ronald Reygan haqida

    AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan XX asrda AQShning Sovet Ittifoqiga nisbatan siyosatini o‘zgartirib yuborgan respublikachilar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan davlat arbobi hisoblanadi. Prezident etib saylanguncha Ronald Reygan Gollivudda kino aktyori, AQSh kino aktyorlari gildiyasi prezidenti va Kaliforniya shtati gubernatori sifatida siyosiy doiralarda tanildi. Reyganning hayoti shu tariqa bir qator qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi...  

    Reygan va uning oilasi.

    Reygan va uning oilasi.
    Foto: Panorama

    Ronald Reygan biografiyasi

    Sobiq prezidentning ota-onasi kelib chiqishiga ko‘ra, ingliz, irland va shotland millatiga mansub ajdodlarga ega edi. Reygan o‘rta hol oilada voyaga yetdi va uning oilasi moliyaviy sabablarga ko‘ra, tez-tez bir shahardan ikkinchi shaharga ko‘chib, yashash manzillarini o‘zgartirib turardi. Shunday hayot tarzining bir kunida 1911-yilning 6-fevral sanasida oilaning ikkinchi farzandi Ronald Reygan dunyoga keldi.

    Ronald dadasining Tampiko shahri  Illinoys shtatida o‘z biznesi bo‘lib, 1920-yilda Reygan oilasi Illinoysning Dikson shahriga ko‘chib o‘tdi. 1928-yilda yosh Reygan maktabni tugatib, bir paytning o‘zida tansoqchi va mahalliy teatr klubida kichik rollarni ijro etib, oilasiga yordam bera boshlaydi. Sport sohasida grant yutib olgach, Yuridik kollejiga o‘qishga qabul qilindi.

    Gollivuddagi faoliyat

    O‘qishni tamomlagach, Reygan 1932-yildan boshlab Ayovadagi radioeshittirishlari kompaniyasida sport sharhlovchisi sifatida o‘z ishini boshlaydi. 1937-yilda baland bo‘yli, kelishgan yosh Reygan o‘z oldiga Gollivudni zabt etish maqsadida Gollivudga yo‘l oldi. Maqsadi amalga oshib, bo‘lg‘usi prezident Warner Brothers kinokompaniyasi bilan yetti yillik shartnoma tuzdi.

    Keyingi yillarda Reygan 50 dan ortiq kinolarda suratga tushdi. Biroq kino sohasidagi mashhurlik Reyganga kino sanoatidagi kasaba uyushmalari ortidan keldi. 1937-yilda Reygan AQSh kino sanoati kasaba uyushmalari tashkilotining tashkil qilinishida faollik ko‘rsatdi va 1947-yilda Reygan AQSh kino aktyorlari gildiyasining prezidentligiga saylandi.

    Reygan Gollivudda.

    Reygan Gollivudda.
    Foto: Kinopoisk.ru

    Sirtqi harbiy o‘quvlardan so‘ng, Reygan zaxiradagi ofitser sifatida leytenant unvonida otliq qo‘shin tarkibiga kirdi. Ko‘rish qobiliyatidagi nuqsonlari sabab harbiy xizmatdan ozod qilindi va armiya uchun harbiy hujjatli filmlar olish bilan shug‘ullana boshlaydi. 1950-yillarga kelib, Reyganning kino sanoatidagi o‘rni darz keta boshlaydi. Ayni shu paytda Reyganning siyosiy qarashlarida ham jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.

    Siyosiy faoliyatning boshlanishi

    Reygan demokratik partiya a’zosi sifatida prezident Franklin Ruzveltning siyosiy qarashlariga xayrixoh edi. O‘z siyosiy qarashlarini o‘zgartirgach, Reygan saylovlarda respublikachi Duayt Eyzenxauer va Richard Niksonlarning siyosiy qarashlarini ma’qullay boshlaydi. 1964-yilga kelib, Reygan Barri Golduoterning prezidentlik saylovoldi kurashida faol ishtirok etdi. Reyganning mashhur “Tanlov vaqti” nutqi Golduoterga bir milliondan ortiq ovoz to‘plashga yordam berdi.

    Kaliforniya gubernatori

    Reyganning siyosiy nutqi, xarizmasi kaliforniyalik respublikachilar orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi. 1966-yilda Reygan nomzodi Kaliforniya shtati gubernatorligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Kaliforniya gubernatorligiga nomzodi ko‘rsatilgan Reygan, eng avvalo, ijtimoiy dasturlarga tayanib qolgan aholi qatlamini “tekinxo‘rlarni” ish bilan ta’minlash, Berkli universitetini siyosiy norozilikni keltirib chiqarayotganlardan tozalashni o‘z oldiga maqsad qildi.

    O‘sha paytlarda bir qator universitet talabalari va professorlari AQShning tashqi siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari o‘chog‘iga aylangandi. Reygan gubernatorlikka o‘z nomzodini ko‘rsatar ekan, Berklidan radikallashgan guruhlarni ildizini quritishga va’da berdi. Kaliforniya gubernatori etib saylangach, 1968-yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashishga ahd qildi. Saylovlarda Rokfeller, Niksondan keyin uchinchi o‘rindagi eng ko‘p saylovchilarga ega nomzod sifatida e’tirof etildi.

    Reyganning yoshligi.

    Reyganning yoshligi.
    Foto: Getty Images

    Reygan Kaliforniya gubernatori sifatida faoliyat yuritganda “Qonli payshanba” voqeasiga sabab bo‘ldi. O‘sha paytda Reygan Berklidagi talabalar namoyishini tarqatish uchun shtat politsiyasini va milliy gvardiyasini talabalar namoyishini bostirishga jalb qildi va natijada, shtat harbiylari ikki hafta mobaynida Berklini qamal qildi. Ayni shu paytda Reyganning norozilik namoyishi qatnashchilariga nisbatan ishlatgan “Afsus, botulizmdan halok bo‘lish miqdori ancha kamayib ketgan” hazilomuz iborasi mashhur bo‘lib ketdi.

    1968-yilda keskin siyosiy tadbirlari bilan tilga tushgan Reyganning gubernator bo‘lib saylanishiga qarshi harakatlar ish bermaydi, u ikkinchi marta Kaliforniya hokimi bo‘ldi. Bu davrda Reygan iqtisodga davlatning aralashuvi va federal soliqchilik qiymatlarining yuqoriligiga qarshi hujum boshlaydi.

    Prezidentlik va prezidentga suiqasd

    1976-yilda Reygan Jerald Fordga qarshi prezidentlik saylovlarida ishtirok etdi, ammo mag‘lubiyatga uchradi. Taslim bo‘lmagan Reygan 1980-yilga kelib, yana AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Raqib Jimmi Karter edi. Ronald Reygan 44 shtatda eng ko‘p ovoz olib, AQShning eng yoshi ulug‘ prezidenti bo‘ldi.

    Reygan prezidentligi davrida amerikaliklar hukumatga emas, o‘z iqtidoriga tayanishni o‘rgandi. Reygan bir qator islohotlar o‘tkazdiki, bu mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Reygan prezidentlikka saylangach, o‘z kundaliklarini ham yurita boshlaydi va oxir-oqibatda uning kundaliklari AQShda eng ko‘p sotilgan avtobiografiyaga aylandi. 1981-yil 20-yanvar sanasida Reygan inauguratsiya paytida so‘zlagan nutqi AQShdagi iqtisodiy tushunmovchiliklarga bag‘ishlanadi va aynan shu davrda Eronda asirga olingan 52 nafar amerikalik vatandoshlarning ozod qilinishi yuz berdi.

    Reyganga suiqasd.

    Reyganga suiqasd.
    Foto: Livejournal
    Oradan ikki oy o‘tib, Vashingtonda Reyganga suiqasd uyushtirildi. Otilgan o‘qlardan biri Reyganning o‘pkasini jarohatladi, ammo prezident tez orada oyoqqa turdi. Suiqasdni tayyorlagan Jon Xinkli ruhiy nosog‘lom deb topildi va ruhiy shifoxonaga yuborildi. Bundan avval ham Xinkli Jimmi Karterni ta’qib qilgan va bu harakati bilan o‘zi sevgan aktrisa Judi Fosterning e’tiboriga tushishni maqsad qilgandi.

    Reyganning ichki siyosati

    Reygan prezident bo‘lgach, uning asosiy siyosati ijtimoiy dasturlarni qisqartirish va biznesni rivojlantirishga qaratildi. AQSh davlat budjetining asosiy qismi AQSh harbiy sanoatini rivojlantirishga qaratildi. Natijada 1983-yildan boshlab, AQSh iqtisodiyotida yuksalish boshlandi. Reyganning ichki siyosati natijasida:
    1. Mamlakatda inflyatsiya darajasi 12,5 foizdan 4,5 foizga tushdi;
    2. Ishsizlik darajasi 7,5 foizdan 5,3 foizga pasaydi;
    3. 1981–1985-yillarda Reygan mudofaa tizimiga eng ko‘p sarmoya kiritdi;
    4. Federal darajadagi daromad solig‘i misli ko‘rilmagan darajada 70 foizdan 28 foizga kamaydi.
    5. Soliqlar kamaytirilishi hisobiga reyganomika gurkirab yashnaydi;
    6. Ichki yalpi mahsulot hajmi oshdi;
    7. Ishsizlik darajasi kamayib bordi;
    8. 18 million ishchi o‘rni yaratildi;
    9. Soliqlarni isloh qilish borasida qonunchilik qabul qilindi;
    10. Mamlakat yoqilg‘i inqirozini boshidan kechirdi;
    11. Narkotrafikka qarshi keskin siyosat yuritildi;
    12. Federal ta’lim dasturlari, mahsulotlarni arzon sotib olish rejasi qisqartirildi.

    Gorbachov va Reygan muhim bitimni imzolash jarayoni.

    Gorbachov va Reygan muhim bitimni imzolash jarayoni.
    Foto: Getty Images

    Tashqi siyosatda AQShning tanqidchilari Reyganning siyosatini imperialistik, zo‘ravon siyosat sifatida baholay boshlaydi. Reygan tarafdorlari esa uning siyosatini AQShning manfaatlarini himoya qilish sifatida baholardi. 1983-yilning 25-oktabr sanasida AQSh harbiylari Grenadaga bostirib kiradi. Reygan mazkur harbiy amaliyotni Karib havzasini Sovet-Kuba ta’siridan himoya qilish deb ataydi.

    Reygan davrida AQShning harbiy sanoati keskin yuksaldi. Reygan ma’muriyati Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyoda kommunistik rejimga qarshi  kurashadigan milliy fond tashkil qildi. Afg‘onistonda SSSRga qarshi amaliyotlarni dastaklaydigan guruh tuzdi. Reygan, shuningdek, “Iran Kontras” siyosiy janjalining girdobida ham qolib ketdi.

    Xulosa

    Reygan demokratiyaning kuchli tarafdori sifatida “demokratiya uchun qurbon bo‘lish, insoniyatning sharafli burchi, chunki demokratiya qachonlardir inson yaratgan eng mukammal tizim demokratiya” ekaniga qattiq ishonardi. SSSRga qarshi “fazoviy urush” e’lon qilishiga qaramasdan Reygan, AQSh va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi sovuq urushni nihoyalagan AQSh prezidenti sifatida qoldi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    05.11.2020, 21:04   Izoh (0)   86037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jeff Bezos Amazon’ning millionta aksiyalarini 3 mlrd dollarga sotdi

    05.11.2020, 20:36

    Rossiyalik virusolog qanday holda koronavirusga qayta chalinish mumkinligini aytdi

    05.11.2020, 20:12

    Kosovo prezidenti harbiy jinoyatlardagi ayblovlar sababli iste’foga chiqdi

    05.11.2020, 19:35

    Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorako‘zanlar yo‘q qilinadi

    05.11.2020, 18:46

    Venadagi terakt bo‘yicha qo‘lga olinganlar orasida Rossiya fuqarolari ham borligi aniqlandi

    05.11.2020, 18:10

    YeXHT Trampning AQSh prezidenti saylovlaridagi qoidabuzarliklar haqidagi gaplarini asossiz deb topdi

    05.11.2020, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.