Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining so‘nggi to‘rt tur o‘yinlari markazlashgan holda o‘tkazilmaydi. Bu haqida Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.
Mutasaddining ma’lum qilishicha, PFL Superliganing barcha 14 ta klubi bosh murabbiylari bilan bog‘lanib chiqqan. Ulardan o‘nta klub bosh murabbiylari muxlislik faktoridan kelib chiqib, uy-safar tizimida musobaqani yakunlashga rozi bo‘lgan. Shu sabab Superliganing 23—26-tur o‘yinlari uy-safar tizimida davom ettiriladi.
PFL yaqin orada to‘liq taqvimni e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi epidemiologik sharoit tufayli avgust oyida Superliga birinchi davrasining so‘nggi to‘rtta turi markazlashgan holda Toshkent shahridagi neytral maydonlarda o‘tkazilgandi. O‘sha vaqtda PFL ikkinchi davrining so‘nggi tur o‘yinlari neytral maydonlarda o‘tkazilishi masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)