Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Apple korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan yangi iPhone 12 Pro mustahkamlik testidan o‘ta olmadi, iPhone 12 esa ekspertlarni hayratda qoldirdi. Test jarayoni o‘tkazilgan videoni Allstate sug‘urta kompaniyasi o‘zlarining YouTube’dagi kanaliga joylashtigan.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Oktabr oyi boshlarida taqdim etilgan yangi iPhone 12 va 12 Pro ikki metrga yaqin balandlikdan tashlangan. Devayslar displeyi, orqa qismi va yon tomoni bilan bir necha bor yerga tushgan.

Test natijalari hayratlanarli emas. iPhone 12 Pro tekshiruvlar davomida kamroq bardoshli bo‘lib chiqqan.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, iPhone 12 Allstate ekspertlarining test uchun qo‘liga tushgan barcha smartfonlar orasidagi eng mustahkam qurilma deb topilgan. iPhone 12 Pro’ning mustahkamligi esa mutaxassislarni shubha ostida qoldirgan.

Ekspertlar Apple’ning yangi smartfonlarini g‘ilofda foydalanishni tavsiya etadi.

Avvalroq iPhone 12 smartfoni suvda cho‘kmaslik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilib, uning natijalari iPhone 11’niki bilan taqqoslangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi