Daryo

iPhone 12 kun oxiriga bormay “o‘lib qolyapti”. Smartfonning ilk egalari yangi qurilmaning ishlash vaqtidan shikoyat qilmoqda

iPhone 12 va iPhone 12 Pro’ga sig‘imi 2815 mA/soatga teng akkumulyatorlar o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish35 900 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

23-oktabr kuni iPhone 12 va iPhone 12 Pro smartfonlari sotuvga chiqdi. Bunga qadar internetda yangi flagmanga oid testlar ham paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar berildi. Biroq endi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari smartfonlarning quvvatidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Ko‘plab foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, iPhone 12 va iPhone 12 Pro quvvati uzoqqa yetmayapti, xususun, bir martalik quvvatlantirish orqali olingan zaryad o‘yin o‘ynalsa yoki videoroliklar tomosha qilinsa, hatto kun oxiriga bormay tugab qolmoqda.

iPhone 12 va iPhone 12 Pro’ga sig‘imi 2815 mA/soatga teng akkumulyatorlar o‘rnatilgan. Bundan oldingi modellar — iPhone 11 va 11 Pro’larning akkumulyator sig‘imlari mos ravishda 3310 va 3046 mA/soatga teng edi. Apple kompaniyasi iPhone 12 bir martalik quvvatlanish bilan ishlaydigan vaqti iPhone 11’nikidan qolishmasligini rasman aytgan bo‘lsa-da, test natijalari va foydaluvchilarning izohi buning aksini ko‘rsatmoqda.

Testlarning birida iPhone 12 va 12 Pro bir marta quvvatlanish orqali mos ravishda 6 soat 42 daqiqa hamda 6 soat 34 daqiqa ishlagan. iPhone 11 Pro’da ushbu muddat 7 soat 36 daqiqani tashkil etadi.

“Balki iPhone 12 Pro Max’ning natijasi yaxshiroq chiqar, ammo mitti iPhone 12 Mini’ni ham unutmaslik kerak”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Taniqli suratkash iPhone 12 Pro kamerasiga baho berdi (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar