• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilandi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-oktabr kuni davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Yig‘ilishda mazkur hujjatda belgilangan vazifalarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

    Farmon ilovalariga muvofiq, 2 mingdan ortiq davlat aktivlariga tegishli masalalar tasdiqlangan. Shundan 479 ta korxona va 15 ta ko‘chmas mulk savdolarga qo‘yiladi, 62 ta korxona xususiylashtirishga tayyorlanadi, 32 ta korxona va tarmoq transformatsiya qilinadi, 507 ta bozor faoliyati takomillashtiriladi. Bundan tashqari, ilgarigi qarorlarda ko‘rsatilgan 386 ta hamda sotish vakolati hokimlarga berilgan 559 ta obyekt savdolarga chiqariladi.

    “Ochiq aytish kerak: oldin ham xususiylashtirish bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qilingan. Lekin birorta rahbar pastga tushib, bu sohadagi bilim va metodikani joylarga yetkazmagani sababli ko‘p korxona va obyektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda shu boradagi muhim yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi. Avvalo, tadbirkorlarga taklif etiladigan 479 ta korxonaning har biriga alohida yondashish, ularni soddalashtirilgan tartibda savdoga chiqarish kerakligi ta’kidlandi.

    Masalan, Qarshi shahridagi “Texnik ta’mirlash-butlash” korxonasining 2 gektar yer maydoni va 6,5 ming kvadrat metrlik binolaridan foydalanilmayapti. Ayni paytda, bu yerda yuzlab tadbirkor o‘z biznesi uchun yer ajratish to‘g‘risida murojaat qilgan. Bunday misollarni har bir viloyatda ko‘plab topish mumkin.

    Shu bois, bo‘sh yer va inshootlarni xatlovdan o‘tkazib, korxonalar ehtiyojidan ortig‘ini auksionga chiqarish zarurligi aytildi. Avval qabul qilingan qarorlar doirasidagi hamda sotish vakolati viloyat hokimlariga berilgan davlat obyektlarini xususiylashtirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    62 ta yirik korxonani oldin investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, keyin xususiylashtirish muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” korxonasining yillik tushumi 85 milliard so‘m bo‘lsa-da, sof foydasi katta emas. “Xorazmsuvqurilish” korxonasi so‘nggi 2 yilda foyda olmagan, Yangiariq tumanida ushbu korxonaga tegishli 1 gektardan ziyod yer maydoni va 3 ming kvadrat metrdan ortiq daromad keltirmaydigan binolari mavjud.

    Mutasaddilarga bu kabi korxonalarni xususiylashtirishdan avval “diagnostika” qilish, auditdan o‘tkazish va hisob-kitobini to‘g‘rilash bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat loyiha institutlarini transformatsiya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Mamlakatda yirik qurilish korxonalari ko‘payib bormoqda. Ularni davlat loyiha institutlari bilan kooperatsiya orqali bog‘lab, loyihalar sifatini oshirish, boshqaruvni yaxshilash mo‘ljallanmoqda.

    Birinchi bo‘lib, namuna sifatida “Qishloq qurilish loyiha”, “Og‘ir sanoat loyiha”, “Georangmet LITI”, “Shaharsozlik LITI”, “Tosh uy-joy LITI”, “Toshkent boshplan LITI” loyiha institutlarida ushbu yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Loyiha institutlaridagi davlat ulushi keyinchalik hamkor qurilish tashkilotlariga sotiladi.

    Yig‘ilishda bozorlar bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi. 500 dan ziyod bozor va savdo majmualaridagi davlat ishtirokini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Hozirgi kunda ularning 23 tasi zarar bilan ishlayapti, 210 tasi esa past rentabelli.

    Bunday sharoitda bozorlarni ham savdo, ham dam olish, ham ko‘ngilochar markazlarga aylantirish yaxshi iqtisodiy samara beradi. Shu maqsadda loyihalar ishlab chiqilib, investorlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinishi aytildi. Tanlov g‘olibiga eng yaxshi shartlarda bank krediti ajratiladi. Shuningdek, tadbirkor bozor daromadini oshirib, soliq tushumlari va ish o‘rinlarini muntazam ko‘paytirib borsa, unga bozorning davlat ulushini bo‘lib-bo‘lib xarid qilish imkoniyati beriladi. Viloyat hokimlariga bozor va savdo majmualari faoliyatini shu tarzda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Prezident farmonida 32 ta yirik davlat korxonasi va xo‘jalik birlashmasi transformatsiya qilinishi belgilangan. Xususan, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zsuvta’minot” tashkilotlari butun tizimi bilan transformatsiya qilinadi. Shu maqsadda Moliya vazirligida alohida departament tashkil etildi. Mutasaddilarga qolgan tarmoqlarni ham chuqur tahlil qilib, transformatsiya bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “O‘zavtosanoat” transformatsiya qilinadi

    Aholi va tadbirkorlarga batafsil ma’lumot beradigan xususiylashtirish maslahat klinikalari hamda koll-markaz tashkil etish, metodik qo‘llanma tayyorlab, joylarga yetkazish muhimligi aytildi. Shuningdek, televideniye orqali ham xususiylashtirish borasida ma’lumot berib boriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oliy Majlis palatalariga Prezident farmoni mohiyatini keng targ‘ib qilib, xususiylashtirish jarayonlarini halol va ochiq-oshkora o‘tishida parlament nazoratini o‘rnatish tavsiya qilindi. Shuningdek, xususiylashtirish hamda davlat mulkini boshqarishga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

    Mavzuga doir: 

    • Mobiuz va Perfectum bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi, Ucell esa optimallashtiriladi
    • DXXning Sayilgoh ko‘chasidagi sobiq markaziy binosi xususiy sektorga sotiladi

    28.10.2020, 23:48   Izoh (0)   16503
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston davlat qarzining keyingi yillar uchun maksimal chegarasi belgilandi

    28.10.2020, 23:34

    Buxorodagi qamoqxonaga erini ko‘rishga borgan ayol o‘g‘rilikka qo‘l urdi

    28.10.2020, 23:09

    Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash 2021-yil boshiga qoldirildi

    28.10.2020, 22:57

    Markaziy bank PayPal’ning O‘zbekistonda nima sababdan ishlamasligini tushuntirdi

    28.10.2020, 22:33

    O‘zbekistondagi vazirliklarda ishlayotgan yosh rahbarlar va xotin-qizlar ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

    28.10.2020, 22:10

    “Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari maktabga poyezdga osilib boradimi?”. Zoir Mirzayev XTB mudirlariga xizmat mashinasi berilmaganini tanqid qildi

    28.10.2020, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.