Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajarayotgan (v.b.) Sadir Japarov mamlakat rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etadi. Buning uchun u iste’foga chiqadi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Japarovning aytishicha, u mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchi vakolatlarini dekabr oyida topshiradi.

“Men boshqalar bilan bir qatorda saylovlarga boraman. Meni saylashsa, prezident bo‘laman, aksincha bo‘lsa, yo‘q”, — deydi Sadir Japarov.

Avvalroq Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 2021-yilning 10-yanvar kuni bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr kuni So‘ronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidentligi lavozimidan iste’fo berganini e’lon qildi. U bosh vazir Sadir Japarov va boshqa siyosatchilardan o‘z tarafdorlarini poytaxtdan olib chiqib ketishni so‘ragan va ulardan bishkekliklar tinchligini buzmaslikni iltimos qilgan. 16-oktabr kuni parlament majlisida Qonunchilik kengashi spikeri Kanat Isayev davlat rahbarining vazifalarini vaqtincha bajarishni rad etgan. Yakunda bosh vazir Sadir Japarov prezident vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi