O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Ahmad O‘lmasov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bergan.
Ahmad O‘lmasov 1932-yilda tug‘ilgan. 1954-yilda Moskvadagi Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining Iqtisod instituti aspiranturasiga kirib, to‘rt yildan so‘ng nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1969-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 1970-yilda professor unvonini olgan.
Olim qator ilmiy va ta’lim muassasalarida ilmiy xodim, kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat yuritgan, ilmiy kengashlarga raislik qilgan.
Ahmad O‘lmasov qator darsliklar yaratilishida ham faol ishtirok etgan. 1995-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli birinchi milliy darslikni yozgan, kollejlar va litseylar uchun “Iqtisodiyot asoslari”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.
Iqtisodchi olim 9 nafar fan doktori, 35 dan ortiq fan nomzodining ilmiy ishiga bevosita rahbarlik qilgan.
Avvalroq 21-oktabrda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, taniqli olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Shodiyev hamda O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyozov vafot etgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)