Farg‘ona vodiysida 21-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:08 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Xabar berilishicha, zilzila Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Toshkent shahridan 321 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4.4 ballga teng bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Namangan shahrida (zilzila episentridan 121 kilometr masofada) 3 ballni, Andijonda (82 kilometr) 3 ballni va Farg‘ona (147 kilometr) shaharida 3 ballni tashkil etgan.
Avvalroq 6-oktabr, 16-oktabr va 19-oktabr kunlari ham O‘zbekiston hududidan zilzila kuzatilgan edi.
Izoh (0)