Daryo

Farg‘ona vodiysida zilzila qayd etildi

Zilzila magnitudasi episentrda 4 ballga teng bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish49 908 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona vodiysida 19-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:17 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Foto: USGS

Xabar berilishicha, zilzila Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Toshkent shahridan 293 km janubiy-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 27 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan.

Yerosti silkinishlari kuchi Namangan shahrida (zilzila episentridan 148 kilometr masofada) 2 ballni, Andijonda (125 kilometr) 2 ballni va Farg‘ona (79 kilometr) shaharida 3 ballni tashkil etgan.

Avvalroq 6-oktabr va 16-oktabr kunlari ham O‘zbekiston hududidan zilzila kuzatilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar