Daryo

Farg‘ona vodiysida yerosti silkinishlari sezildi

Zilzila kuchi Namanganda 2 ball, Andijon va Farg‘onada 3 ball bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish52 852 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona vodiysida 6-oktabr kuni soat 13:12 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV.

Foto: Google Maps

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmik prognostik monitoring markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 4,5 ballik zilzila epitsentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 360 kilometrni tashkil etadi.

Zilzila kuchi Namanganda 2 ball, Andijon va Farg‘onada 3 ball bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar