Daryo

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Yer silkinishi magnitudasi 5,5 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 223 kilometr chuqurlikda kuzatilgan

1 daqiqa o‘qish43 444 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: USGS

Afg‘onistonda 16-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:10 da zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi 36,54 daraja shimoliy kenglik, 71,25 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan. Yer silkinishi magnitudasi 5,5 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 223 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 554 kilometrni tashkil qilgan.

Yer silkinishi O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezilgan:
  • Toshkent : 554 km, 2 ball.
  • Namangan : 497 km, 2 ball.
  • Andijon : 481 km, 2 ball.
  • Farg‘ona : 430 km, 2 ball.
  • Guliston : 489 km, 2 ball.
  • Jizzax : 496 km, 2 ball.
  • Samarqand : 511 km, 2 ball.
  • Buxoro : 696 km, 2 ball.
  • Termiz : 361 km, 3 ball.
  • Qarshi : 545 km, 2 ball.
  • Navoiy : 646 km, 2 ball.
Bundan avval 6-oktabr kuni soat 13:12 da epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila Farg‘ona vodiysida sezilgani xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar