“Barselona” matbuot xizmati Chempionlar Ligasi doirasida “Ferensvarosh”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan (5:1) keyin jamoaning bir nechta o‘yinchisi bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Katalon klubi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachilar Kleman Langle va Xerard Pike, yarim himoyachi Frenki de Yong bilan yangi bitim borasida kelishuvga erishgan.
33 yoshli Pike bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan va uning tovon puli 500 million yevro etib belgilangan.
O‘z navbatida ter Shtegen 2025-yilgacha bo‘lgan shartnoma imzolagan, tovon puli — 500 million yevro. 25 yoshli Langle bilan 2026-yilga qadar mo‘ljallangan kelishuv rasmiylashtirilgan va 300 million tovon puli belgilangan. 23 yoshli de Yong esa 2026-yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo qo‘ygan, tovon puli — 400 million.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)