Xalqaro sport tadqiqotlari markazi CIES Football Observatory Yevropa kuchli beshlik ligalari 2020/21-yilgi mavsumida eng ko‘p qo‘pollikka duch kelgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, mavsum boshidan buyon PSJ hujumchisi Neymarga nisbatan har 20 daqiqa-yu 39 soniyada bir marta qo‘pollik ishlatiladi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 289 daqiqada maydonda harakat qilgan va unga nisbatan 14 marta fol ishlatilgan.
Top-10 lik ro‘yxatdan Fransiya chempionatining besh futbolchisi, Premyer Ligasining to‘rt va La Liga bir nafar o‘yinchisi o‘rin oldi.
1. Neymar (PSJ)
2. Anjelo Fyuljeni (“Anje”)
3. Yanxel Errera (“Granada”)
4. Ignatius Ganago (“Lans”)
5. Arno Norden (“Sent-Etyen”)
6. Mikail Antonio (“Vest Hem”)
7. Ivan Neu (“Sent-Etyen”)
8. Risharlison (“Everton”)
9. Greydi Diangana (“Vest Bromvich”)
10. Sadio Mane (“Liverpul”)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)