Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 16 319 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza. Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri ilk bor sutka davomida koronavirus qayd etilganlar soni 16 ming kishidan ortiq bo‘ldi. Bir kun avval 15 982 kishi kasallangani haqida xabar berilgandi. Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon jami 1 431 632 kishida COVID-19 qayd etilgan.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Moskva bo‘lib, 4999 kishida virus aniqlangan. Bundan bir kun avval bu ko‘rsatkich 5376 nafarni tashkil etgandi. Ikkinchi o‘rinda esa 695 nafar bemor bilan Sankt-Peterburg bo‘lib, bir kun avval 686 kishi kasallangani qayd etilgan.
Mavzuga doir: “Oraliq yo‘lni topish”. Sergey Sobyanin Moskva hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi qanday kurashmoqchiligi haqida
O‘tgan bir kecha-kunduz davomida sog‘ayganlar soni esa 9704 nafarni tashkil etgan. Jami hisobda mamlakatda 1 085 608 kishi koronavirusdan sog‘aygan.
“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi 24 soat davomida 374 mingta, umumiy hisobda esa 54,6 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.
Mazvuga doir:
- Rossiya aholisi 2020-yil yakuniga kelib 352,5 ming kishiga kamayishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilga qaraganda 11 baravarga ko‘p
- Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizi ta’tildan qaytgan odamlar ekanini ma’lum qildi
- Rossiyada mart oyigacha koronavirus bilan kasallanishlar soni kamayishi taxmin qilindi
Izoh (0)