“Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Barselona” forvardi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter

“Men Messini Argentina terma jamoasidagi o‘yinlar orqali yaxshi bilaman. Bu gaplarni avval aytganman, hozir ham aytaman va kelajakda ham takrorlayman. Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Mening nazarimda, u boshqa darajadagi o‘yinchi. U futbolga boshqacha ko‘z bilan qaraydi va har doim qolganlardan bir qadam oldinda”, — deydi Martines.

Lautaro 2018-yildan buyon “Inter”da harakat qilib keladi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq “Barselona” argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga bir necha bor urindi, biroq koronavirus tufayli transfer amalga oshmadi.

Messi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida to‘rtta o‘yin o‘tkazib bitta gol urishga erishdi. O‘tgan mavsumda u Primeradagi 33 o‘yinda 25 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!