Kiyevning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Sportbox
Men Messi va Ronaldu bilan ko‘p marotaba to‘qnash kelganman, ammo futbolchilarimda bunday bo‘lmagan. Yaqinda ular ham ularga duch keladi. Futbolchilarga ularning nimalarga qodir ekanligini tushuntirishim kerak.
Messi — tezkorligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, driblingi va boshqa jihatlar tufayli qisqa masofalarda ham ustunlik qila oladi. Ronaldu esa boshqacharoq uslubda o‘ynaydi, u ko‘p gol urishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun unga ko‘proq bo‘sh hudud kerak. U jamoadoshlarining yordamiga muhtoj, Messi esa mustaqil o‘ynay oladi.
Ronaldu jarima maydonchasida yoki undan 20 metr uzoqlikda mustaqil harakat qilishi mumkin, ammo u boshqalar yaratgan bo‘shliqdan foydalanishga harakat qiladi va zarba beradi. Bori shu, ular bir-biridan farq qiladi, ammo ikkalasi ham juda kuchli o‘yinchilar.
Mircha Luchesku, “Dinamo Kiyev” bosh murabbiyi
Qayd etish joiz, Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumida “Barselona”, “Yuventus” va “Dinamo K” jamoalari bir guruhdan joy olgan.
Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyada 2 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qilgan bo‘lsa, Messi La Ligada 4 uchrashuvda maydonga tushib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Gollar to‘plami:
- Krishtianu Ronalduning “Real” safidagi shedevr gollari
- Krishtianu Ronalduning “Real” safida jarima zarbasidan urgan barcha gollari
- Lionel Messining “Real” darvozasiga “Kamp Nou”da urgan 10 ta goli
- Lionel Messining “Santyago Bernabeu”da “Real”ga urgan eng qoyilmaqom gollari
- Lionel Messining jarima maydoni tashqarisidan urgan top-10 goli