Transfermarkt portali Rossiya Premyer Ligasida yozgi transfer oynasi yopilgach, musobaqaning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, liganing eng qimmat o‘yinchi “Zenit”ning braziliyalik legioneri Malkom bo‘lib turibdi. “Barselona” sobiq o‘yinchisi 30 million yevroga baholangan.
Shuningdek, kuchli uchlikdan SSKAning ikki nafar o‘yinchisi Nikola Vlashich (25 million yervo) va Mario Fernandes (22) o‘rin olgan.
“Spartak”ning o‘zbekistonlik o‘yinchisi Oston O‘runov (1,5 mln yevro) va “Tambov”da ijara asosida harakat qilayotgan Jasur Jaloliddinov (700 ming yevro) RPLning eng qimmat yuz futbolchisi qatoridan o‘rin olmadi.
1. Malkom (“Zenit”) — 30 million yevro;
2. Nikola Vlashich (SSKA) — 25 mln yevro;
3. Mario Fernandes (SSKA) — 22 mln yevro;
4. Sardor Azmun (“Zenit”) — 20 mln yevro;
5-6. Vilmar Barrios (“Zenit”) — 16 mln yevro;
5-6. Gjegoj Krixovyak (“Lokomotiv”) — 16 mln yevro;
7. Vendel (“Zenit”) — 15 mln yevro;
8-9. Fedor Chalov (SSKA) — 13 mln yevro;
8-9. Duglas Santos (“Zenit”) — 13 mln yevro;
10-15. Deyan Lovren (“Zenit”) — 12 mln yevro;
10-15. Anton Miranchuk (“Lokomotiv”) — 12 mln yevro;
10-15. Artem Dzyuba (“Zenit”) — 12 mln yevro;
10-15. Sebastyan Driussi (“Zenit”) — 12 mln yevro;
10-15. Roman Zobnin (“Spartak”) — 12 mln yevro;
10-15. Dmitriy Barinov (“Lokomotiv”) — 12 mln yevro.
- Ayni damning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi. Unda Messi va Ronaldu yo‘q
- APLdan RPLgacha. Jahonning ayni damdagi eng qimmat ligalari ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)