• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar joriy etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: “Aialme.com”

    Foto: “Aialme.com”

    Qaror loyihasiga ko‘ra, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining:

    • islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni joriy etish hamda nazorat ostidagi mol-mulk va mulkiy huquqlarga nisbatan iqtisodiy nazorat huquqini baholash va sotish (boshqaga o‘tkazish) imkoniyatini yaratadigan benefitsiar mulk huquqini belgilash va sotish (boshqaga o‘tkazish) sohasida ingliz huquqi me’yorlarini qo‘llash uchun respublikada kerakli infratuzilma yaratish;
    • Kapital bozorini rivojlantirish agentligini O‘zbekiston hududida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va muomalaga chiqarishni tartibga soluvchi vakolatli davlat organi sifatida belgilash;
    • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining islom moliyalashtirish tamoyillariga muvofiqligini tasdiqlovchi vakolatli organ sifatida belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
    Qarorda quyidagilar belgilanadi:
    • suquq qimmatli qog‘ozlari – islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan chiqarilgan, mol-mulkka egalik qilish huquqi va mulk hamda mulkiy huquqdan foydalanish va (yoki) ulardan foydalanishdan olinadigan daromadlar, ushbu qimmatli qog‘ozlar moliyalashtirilishi maqsadida chiqarilgan ma’lum loyihalar xizmatlari yoki mol-mulkiga bo‘lgan bo‘linmas huquqni tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar;
    • suquq ijara qimmatli qog‘ozlari (suquq al ijara) – muomala muddati avvaldan belgilanib, maxsus moliya kompaniyasi tomonidan islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ularning egalari ijara shartnomasi (moliyaviy lizing) bo‘yicha daromad olish huquqiga ega bo‘lishadi;
    • suquq ishtirok etish qimmatli qog‘ozlari (suquq al mudoraba/musharaka) – muomala muddati avvaldan belgilanib, maxsus moliya kompaniyasi tomonidan islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan jalb etilgan mablag‘lardan yangi investitsiyaviy loyihani tashkil etish uchun foydalanish, oddiy sherikchilik shartnomasi yoxud aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan sherikchilik tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxsni tashkil etgan holda mavjud investitsiyaviy loyihani rivojlantirish yoki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
    • to‘lovi uzaytirilgan qayta sotib olish qimmatli qog‘ozlari (suquq al murobaha) – muomala muddati avvaldan belgilanib maxsus moliya kompaniyasi tomonidan islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, bunda originatorga to‘lovi uzaytirilgan mol-mulk beriladi;
    • originator – maxsus moliyaviy kompaniyaga mol-mulk va (yoki) mulkiy huquqlarni tegishli shartnoma yoki kelishuv asosida taqdim etadigan yuridik shaxs – O‘zbekiston rezidenti;
    • maxsus moliyaviy kompaniya – faqat suquq qimmatli qog‘ozlarini chiqarish maqsadida tashkil etiladigan va O‘zbekiston hududida tashkil etiladigan taqdirda aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida tashkil etiladigan va Agentlik yuritadigan maxsus moliyaviy kompaniyalar – O‘zbekiston rezidentlari ro‘yxatiga kiradigan yuridik shaxs;
    • benefitsiar huquq (iqtisodiy nazorat huquqi) – oxir-oqibat nazorat ostidagi yuridik shaxsning mol-mulki va (yoki) mulkiy huquqlarini tasarruf etadigan jismoniy yoki yuridik shaxsning boshqaga beriladigan, nazorat ostidagi yuridik shaxsning notarial tasdiqlangan deklaratsiyasi bilan tasdiqlanadigan ashyoviy huquqi.
    Shuningdek, quyidagilar belgilanadi:
    • suquq qimmatli qog‘ozlari hisobiga moliyalashtirish ssuda foizi yo‘qligini nazarda tutib, suquq qimmatli qog‘ozlarini xarid qiladigan investorlarning moliyalashtirilayotgan tadbirning daromadi evaziga kafolatlanmagan daromad olishlarini nazarda tutadi;
    • suquq qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi maxsus moliyaviy kompaniyani tashkil etish va qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining xorijiy va mahalliy maydonchalarida maxsus moliyaviy kompaniya (emitent) emissiyasi orqali, ikkita – ta’minlangan (asset-backed) va ta’minlanmagan (mol-mulk asosidagi (asset-based) usulda amalga oshiriladi;
    • suquq ijara qimmatli qog‘ozlari (suquq al ijara)ni chiqarishda originator mol-mulkka bo‘lgan benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni jalb etilayotgan moliya evaziga ijara qimmatli qog‘ozlari (suquq al ijara)ning qayta sotib olish muddatiga benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish bilan sotish majburiyatini oladi.
    Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida O‘zbekistonda islom moliyalashtirishni joriy etish bo‘yicha “Niyatlar bayonoti” (Statement of Intent) imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

    Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda yuqorida ko‘rsatilgan bayonot doirasida tajriba tariqasida tajriba muddatining tugash sanasini 2022-yil 1-iyul deb belgilagan holda qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining mahalliy va xorijiy maydonchalarida suquq qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali moliyalashtirish bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshiradi.

    Belgilanishicha, pilot loyihasi doirasida:

    a) originator va emitentlarga benefitsiar mulk huquqini sotish (boshqaga o‘tkazish)ni belgilash va amalga oshirishda ingliz huquqi normalarini qo‘llagan holda “Toshkent” Respublika fond birjasi (keyingi o‘rinlarda – “Toshkent” RFB) hamda xorijiy qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarning maydonchalarida sukuk qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va joylashtirish ruxsat etiladi;

    b) emitentlarga originatorlardan mol-mulk, jumladan ko‘chmas mulkni xarid qilish va keyinchalik bunday mol-mulkni sotish, shu jumladan, ko‘chmas mulkni originatorga moliyaviy ijara (lizing)ga berish, shuningdek, shunday ko‘chmas mulkni xarid qilish maqsadida pul mablag‘larini xorijiy davlatlarga o‘tkazish ruxsat etiladi;

    v) suquq qimmatli qog‘ozlarini qayta sotib olish muddati tugashiga qadar, ammo 2030-yilning 1-yanvaridan kechiktirmasdan suquq qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li bilan moliyalashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida operatsiyalar (faoliyat) bo‘yicha quyidagi soliq turlari va to‘lovlardan originatorlar va emitentlarni ozod qilish shaklidagi alohida soliqqa tortish tartibini nazarda tutadigan maxsus soliq rejimi qo‘llanadi:

    • daromad solig‘i;
    • qo‘shimcha qiymat solig‘i.
    • mol-mulk solig‘i;
    • yer solig‘i;
    • mol-mulk va mulkiy huquqqa bo‘lgan benefitsiar mol-mulk huquqini boshqaga o‘tkazishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lov va soliqlar.
    g) emitentlar – O‘zbekiston norezidentlarining mol-mulkni moliyaviy ijaraga berish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston hududida doimiy muassasaning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.

    Avvalroq Prezident O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini beruvchi qonunni imzolagandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning Jahon musulmon turizmi reytingidagi o‘rnini yanada yaxshilash choralari ko‘riladi

    14.10.2020, 06:41   Izoh (0)   15470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida 83-o‘rinni egalladi

    14.10.2020, 01:20

    Andijonda uka fohishalik bilan shug‘ullangan opasini o‘ldirib, o‘z uyiga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi

    13.10.2020, 23:46

    Ayubxon G‘aybullayev Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    13.10.2020, 23:22

    O‘zbekistonda 2021-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmon loyihasi e’lon qilindi

    13.10.2020, 23:10

    “Holat yuragimizga nayza bo‘lib sanchildi, bir hafta o‘zimizga kelolmadik”. Farg‘onaning Furqat hamda Qo‘shtepa hokimlari xalqdan uzr so‘radi

    13.10.2020, 22:47

    O‘zbekistonda 650 nafardan ortiq kishi majburiy paxta terimiga jalb qilingani aniqlandi

    13.10.2020, 22:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.