• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Holat yuragimizga nayza bo‘lib sanchildi, bir hafta o‘zimizga kelolmadik”. Farg‘onaning Furqat hamda Qo‘shtepa hokimlari xalqdan uzr so‘radi

    Respublikadagi 33 ta “qoniqarsiz” hudud safidan joy olgan Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa hamda Furqat tumani hokimlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tan olib, Prezidentdan, tuman aholisidan uzr so‘radi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining yigirma birinchi sessiyasida hokim Ilyos Novikov 2020-yil yakuniga ko‘ra, barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishib, tumanni “qoniqarsiz” hududdan olib chiqishga va’da bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hokimning ma’lum qilishicha, tumanda hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019-yilda 233,6 milliard so‘mni tashkil qilib, aholi jon boshiga 1,2 million so‘mga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, bitta bo‘sh ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan ishsizlar soni 26 nafarni tashkil yetgan. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 4,6 foizi eksportga yo‘naltirilgan. Ro‘yxatdan o‘tgan 916 ta tadbirkorlik subyektlarining 535 tasi faoliyat yuritmagan va “nol” hisobot topshirgan. Prezidentning virtual va xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning 36 foizi qanoatlantirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, tumanda qiymati 331,6 milliard so‘m bo‘lgan 10 ta ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi. Xususan, Fergana Global textile MChJ korxonasining to‘qimachilik klasterini tashkil etish natijasida 153 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda yil yakuniga qadar ikki mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, tumanning “Yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan kichik sanoat zonasida qiymati 21,7 milliard so‘m bo‘lgan 7 ta loyiha amalga oshirilishi va 415 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Furqat tumani hokimi Dilmurod Soliyev ham tuman sessiyasida so‘z olib, tumanni “qizil” hududlar qatoridan chiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim qilib, hududni 2020-yil oxirigacha “o‘rta”, keyingi yilda esa “yaxshi”ga o‘tkazishga va’da bergan.

    “Tuman hokimi sifatida barcha sektor rahbarlari nomidan aytishim kerakki, bu holat yuragimizga nayza bo‘lib sanchildi. Shunday holat bo‘ldiki, bir hafta o‘zimizga kelmadik. Ertaga tumanning iqtisodiy taqdiri nima bo‘ladi, degan savol qiynadi hammamizni. Biz e’tirozga uchradikmi, demak, endi yangi qadam qo‘yishimiz, marrani kattaroq olishimiz kerak. Biz ‘yo‘l xaritasi’ ishlab chiqqanmiz. Boshqa hududlarga nisbatan ikki-uch barobar ko‘proq mehnat qilishimiz kerakligini tushunib yetdik. Oliyjanob, tanti, mehnatkash Furqat tumani xalqidan kechirim so‘raymiz. Prezidentimizdan kechirim so‘raymiz. Oldimizga juda katta marrani oldik. Tumanimizni, albatta ‘yaxshi’ hududlar qatoriga qo‘shamiz”, — dedi tuman hokimi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sessiyada bir yil davomida tumanga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilmagani, bu respublika miqyosida hozirgacha qayd etilgan eng qoniqarsiz natija ekani aytilgan.

    Hokim “Daryo” muxbirining “Bir yil davomida birorta ham xorijlik investor tuman iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmaganini qanday izohlaysiz? Yoki siz rahbarlik qilayotgan hududdagi infratuzilma va sharoitlar xorijlik tadbirkorlar talabiga javob bermaydimi?” degan savoliga “Xitoyning BNBM building materials Central Asia xorijiy korxonasi bilan tumanda gipsokarton va metall profillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvimiz bor edi. Barcha hujjatlar tayyor bo‘lgan vaqtda pandemiya va karantin cheklovlari tufayli yangi ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish masalasida to‘xtalish bo‘lib qoldi. 2021-yilda bu loyihani to‘liq yakunlaymiz, natijada tumanimizga 50 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi. Bundan tashqari, 2020-yil oxiriga qadar tumanda 35 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 6,7 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda”, deb javob qaytargan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Buxoroning Jondor va Shofirkon, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi, Jalaquduq, Samarqand viloyatining Payariq, Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon tumani hokimlari hudud “qizil”ga tushib qolgani uchun xalqdan, davlat rahbaridan uzr so‘ragandi.

    Mavzuga doir: Shofirkon hokimi xalqdan, Prezidentdan uzr so‘rayotganda mudragan mas’ullardan biri sobiq hokim ekanligi ochiqlandi

    13.10.2020, 22:47   Izoh (0)   51235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 650 nafardan ortiq kishi majburiy paxta terimiga jalb qilingani aniqlandi

    13.10.2020, 22:23

    Shavkat Mirziyoyev Sardoba fojiasidan jabrlangan odamlar bilan uchrashdi

    13.10.2020, 21:22

    “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

    13.10.2020, 21:11

    Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi

    13.10.2020, 20:10

    “Ayrim blogerlar tomonidan bosh vazir boshchiligida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar noto‘g‘ri talqin qilinyapti” – Monopoliyaga qarshi ku...

    13.10.2020, 19:58

    Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi yangi korxona va uylarga tashrif buyurdi

    13.10.2020, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.