O‘zbekistonda turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiyalash chora-tadbirlari ko‘riladi. Ushbu tadbirlar doirasida mamlakatning Jahon musulmon turizmi reytingi (Global Muslim Travel Index, GMTI)dagi mavqeini yaxshilash choralari ko‘riladi. Ushbu maqsad 27-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev uchun o‘tkazilgan taqdimot vaqtida bayon qilingan, bu haqda “O‘zbekiston 24”ning reportajidan ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Toshkentda har yili Ramazon festivalini o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Singapurning CrescentRating xalqaro reyting agentligi va Mastercard tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019-yilgi Global Muslim Travel Index’ning umumiy reytingida 55 ball bilan 130 mamlakat orasida 22-o‘rinni egallagan edi. Taqqoslash uchun, Qozog‘iston 24-o‘rinni, Qirg‘iziston 29-o‘rinni, Tojikiston 35-o‘rinni, Turkmaniston 51-o‘rinni egallagan. Mavzuga doir:







