Angliya Premyer Ligasi musobaqa ishtirokchilari sonini qisqartirish taklifi bilan chiqqan “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning qo‘shma loyihasiga o‘z munosabatini bildirdi.
Tashkilot bayonotida ma’lum qilinishicha, APL ishtirokchilari sonini 18 tagacha qisqartirish hamda Angliya Liga Kubogi va mamlakat Superkubogi musobaqasidan voz kechish kabi takliflarni o‘z ichiga olgan Project Big Picture loyihasi Premyer Liga tomonidan ham, Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan ham ma’qullanmaydi.
APL aksiyadorlari musobaqani 20 ta jamoa bilan davom ettirishga kelishib olgan.
Avvalroq “Liverpul” va “Manchester Yunayted” jamoalari Premyer Ligada katta o‘zgarishlar amalga oshirishga qaratilgan loyiha tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Loyihadagi takliflardan biri Premyer Liga ishtirokchilari sonini 18 ta qilib belgilash edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)