“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh—2022 saralashi doirasida Boliviyaga qarshi kechgan bahsda (2:1) tortishuvli vaziyat ishtirokchisiga aylandi.
Boliviya terma jamoasi fizioterapevti Lukas Nava argentinalik hujumchiga o‘z e’tirozlarini bildirdi. Shundan keyin Messi unga keskin ohangda gapirdi.
“######## (yo‘qol), kalbosh. Senga nima bo‘ldi, kalbosh. Nimadan jahling chiqdi? Menga yopishishning keragi yo‘q”, — dedi Messi.
Shundan so‘ng ikki jamoa vakillari o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Qayd etish joiz, Nava ham argentinalik hisoblanadi.
https://twitter.com/MovistarDeporPe/status/1316140535522955264
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Boliviya maydonida 2005-yildan beri ilk bor g‘alaba qozondi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)