Italiya sport sudi A Seriya 3-turi doirasida o‘tkazilmay qolgan “Yuventus” — “Napoli” uchrashuvi yuzasidan qaror qabul qildi, deya xabar qilmoqda Sky Sports Italia.
“Napoli” uchrashuvga yetib kelmagani uchun jamoaga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozildi. Shuningdek, klubdan bir ochko olib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, 4-oktabr kuni Neapol sog‘liqni saqlash qo‘mitasi “Napoli”ning bir necha futbolchisida koronavirus aniqlangani sababli jamoaga shaharni tark etishni taqiqlagandi. “Napoli” rahbariyati uchrashuvni qoldirishni so‘rab A Seriyaga murojaat qildi. O‘z navbatida tashkilot o‘yinning qoldirilishiga hech qanday asos yo‘qligini bildirdi.
Shu tariqa “Yuventus”ga texnik g‘alaba yozildi. “Napoli” mazkur qarorni apellyatsiyaga berish niyatida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)