“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford maktablarda bolalarning ovqatlanish muammosiga e’tibor qaratdi.
Bugun Buyuk Britaniya bo‘yicha 490 ming bola oktabr ta’tilida yeguliksiz qolishdan qo‘rqmoqda.Avvalroq Reshford Buyuk Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri unvoniga loyiq ko‘rilgandi. Shuningdek, u hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan yozgi ta’til vaqtida 1,3 million maktab bolalarining ovqatlanishi uchun tekin vaucherlar ajratilishida jonbozlik ko‘rsatgandi.490 ming nafar himoyasiz bola. Xavotir shundaki, maktablar yopilganida ular och qoladi.
Markus Reshford, futbolchi
Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda Premyer Ligada 31 o‘yinda qatnashib, 17 gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Izoh (0)