Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan sessiyada qatnashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiyada tuman hokimi Asadulla Najmiddinov va sektor rahbarlari so‘zga chiqib, Yangiqo‘rg‘on hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reyting baholash tizimiga ko‘ra holati “qoniqarsiz” deb topilgan mamlakatdagi 33 ta tuman qatoridan o‘rin olgani sabablariga izoh berdi. Tumanni yil oxiriga qadar “o‘rta”, 2021-yilda esa “yaxshi” tumanlar qatoriga olib chiqishga va’da berdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

“Va’da uddalanmasa nima bo‘ladi?” — deb qiziqdi Senat raisi. “Unda sektor rahbarlariga to‘lig‘icha iste’fo berishimizdan boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi tuman hokimi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiyada so‘zga chiqqan Senat raisi Tanzila Norboyeva tuman rahbarlari va deputatlarni reytingda holati “qoniqarli” deb baholangan hududlar tajribasini o‘rganish, tumanda tayyorlangan yo‘l xaritasini deputatlarning taklif va tashabbuslari asosida qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

“Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak. Mana, Xo‘jaobod tumanida mahalliy kengash talabi bilan hokim ishdan olindi-ku? Yaqinda kengashlarda ishchi organ sifatida kotibiyatlar ham tashkil etiladi. Bu ularning to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun tashlangan yana bir qadam bo‘ladi”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiya yakunlangandan so‘ng Senat raisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Har qanday darajadagi rahbar OAV uchun ochiq bo‘lishi kerak. Prezidentning ham talabi shunday. Shaxsan o‘zim jurnalistlarni eng yaqin hamkorim deb bilaman va ular bilan muloqotga doim tayyorman”, — dedi Senat raisi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Tanzila Norboyeva Namanganda o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol voqeasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Hodisa bu qadar fojiali tus olmasligi kerak edi. Xarid qilingan uy-joy bilan bog‘liq masala chigal, muammoli bo‘lsa, ijrosini kechiktirib turish mumkin edi-ku? O‘rtada bir ayol halok bo‘ldi, ikki bolasi yetim qoldi. Bunday holatlar aslo takrorlanmasligi kerak, buni keskin qoralayman”, — dedi Senat raisi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Shu kunning o‘zida Namangan viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati “qoniqarsiz” deb topilgan Mingbuloq tumanida ham deputatlar va OAV vakillari ishtirokida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi